background
logotype
image1 image2 image3

Yuqoriga ko’tarilgan sari nafasning siqilishi

Insonlar yashash uchun kislorod va havo bosimiga muhtojdirlar. Atmosferadagi kislorod o‘pkamizdagi havo qopchiqlariga yetib borishi bilan nafas olish sodir bo‘lishi mumkin. Biroq yuqoriga ko‘tarilgan sari atmosfera yupqaroq bo‘la borishi tufayli, uning bosimi pasayadi. Shuning uchun qon oqimiga kiradigan kislorod miqdori kamayadi va nafas olish qiyinlashadi. Havo qopchiqlari torayishi va siqilishi sababli, biz o‘zimizni xuddi nafas ola olmayotgandek his qilamiz.

Agarda qondagi kislorod miqdori tananing ehtiyojidan kamroq bo‘lsa, o‘ta horg‘inlik, bosh og‘riqlar, bosh aylanishi, ko‘ngil aynish va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatining yo‘qolishi kabi bir qator alomatlar yuzaga keladi. Ma'lum bir balandlikka yetilganda, inson uchun nafas olish umuman mumkin bo‘lmay qoladi.186

Shu sababdan bunday balandliklarda tirik qolish uchun bizga kislorod solingan idishlar va maxsus kiyimlar kerak bo‘ladi.

Dengiz sathidan 5000-7500 metr (16500-24500 fut) balandlikda nafas olishning qiyinligi tufayli, kish] hushidan ketishi va koma holatiga kirishi mumkin. Bu samolyotlarda nima uchun kislorod idishlarining mavjud bo‘lishini tushuntirib beradi. Samolyotlar dengiz sathidan] 9000-10000 metr (29500-33000 fut) balandlikda uchganda havo bosimini nazorat qilib turadigan maxsus tizimlar ham bor.

Kislorod to‘qimalarga yetib bormaganda anoksiya (qonda kislorodning yetishmasligi) yuz beradi. Bunday kislorod yetishmasligi 3000-4500 metr (10000-15000 fut) balandliklarda sodir bo‘ladi. Ba'zi odamlar bunday balandliklarda hushini yo‘qotishi mumkin. Lekin ular darhol kislorod bilan ta'minlansa, ularning hayotini saqlab qolish mumkin.

Kuyidagi oyatda qiyoslab keltirilgan bu jismoniy haqiqat yuqoriga ko‘tarilgan sari ko‘krak qafasida yuz beradigan o‘zgarishlarni shunday ta'riflaydi:

Alloh kimni hidoyatga yo‘llashni iroda etsa, uning ko‘ksi (qalbi)ni Islom uchun (keng) ochib qo‘yadi. Kimni adashtirishni iroda etsa, ko‘ksini go‘yo osmonga ko‘tarilib ketaetgandek, tor va siqiq qilib qo‘yadi. Shunday qilib, Alloh imon keltirmaydiganlarga (loyiq) jazoni ravo ko‘rgay. («An'om» surasi, 125-oyat)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.