background
logotype
image1 image2 image3

Yerning sharsimonligi

U osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratgandir. U kechani kunduzning ustidan o‘rar, kunduzni kechaning ustidan o‘rar. («Zumar» surasi, 5-oyat)

Qur'onda koinotni tasvirlash uchun ishlatilgan so‘zlar juda nodirdir. Yuqoridagi oyatda «o‘ramoq» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «yukavvir» dir. O'zbek tilida bu so‘z biror narsa ustidan boshqasini aylantirib o‘rash, atrofidan bir necha bor aylantirib joylash, bog‘lash degan ma'nolarni anglatadi. Arab tili lug‘atlarida esa bu so‘z xuddi sallani boshga o‘ragandek, biror narsani boshqa narsa atrofida o‘rash faoliyatini ifodalash uchun ishlatilgan. Oyatda kun va tunning bir-birini o‘rashi haqida berilgan ma'lumot dunyoning shakli to‘g‘risidagi aniq ma'lumotni o‘z ichiga oladi. Bu haqiqat Yer faqat sharsimon shaklda bo‘lsagina haqdir. Bu shundan dalolat beradiki, VII asrda nozil qilingan Qur'onda dunyoning aylana shaklda ekanligiga ishora qilingan.

Biroq shu narsani yoddan chiqarmasligimiz lozimki, o‘sha paytlarda astronomik tushunchalar dunyoni o‘zgacha talqin qilar edi. O'shanda hamma odamlar dunyoni yassi tekislik deb o‘ylar va hamma il-miy hisoblash va tushuntirishlar mana shu aqidaga asoslanar edi. Ammo muqaddas Qur'on koinotni tasvirlashga kelganda eng aniq so‘zlarni topib ishlatgan. Faqatgina bizning asrimizda to‘g‘ri idrok etiladigan bu faktlar Qur'onda juda uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lib kelgan.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.