background
logotype
image1 image2 image3

Yerning o’zidagi yukni yuzaga chiqarishi

Qachonki, Yer o‘zining zilzilasi bilan qimirlaganida, Yer «yuk»larini (yuzaga) chiqarib tashlaganida va inson: «Unga ne bo‘ldi ekan?» - deb qolganida - ana o‘sha kunda Yer o‘z xabarlarini so‘zlar. («Zalzala» surasi, 1-4-oyatlar)

Arab tilidagi «zilzaal» so‘zi yer qimirlashi yoki silkinishini anglatadi, «asqoalahaa» so‘zi esa «yuk, og‘ir yuklar» degan ma'noni beradi. Agar yuqoridagi oyatlar birinchi ma'no nuqtai nazaridan olib qaralsa, gap zilzilalar haqidagi muhim bir ilmiy haqiqat xususida ketayotganligi yaqqol ko‘rinadi.

«Zalzala» surasining 2-oyati Yerning o‘z yuklarini yuzaga chiqarishini qayd etgan. Rostdan ham, keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, Yerning markazida og‘ir metallar mavjud va bu metallar Yer yuzasiga harakatlar tufayli chiqib keladi. Geolog mutaxassislarning hisoblashlariga ko‘ra, Yer soviganda, og‘ir va zich moddalar ularning markaziga cho‘kkan, yengil moddalar esa yuzasiga chiqib qolgan. Shu sababdan, Yerning qobig‘i uncha og‘ir bo‘lmagan moddalar (bazalt, granit toshlar) dan tashkil topgan. Og‘ir metall (nikel va temir) lar esa yadroda to‘plangan. Demak, erigan metallardan tashkil topgan yer ostidagi qatlam yuzadagiga qaraganda og‘irroq va zichroq materiallardan iborat.

Zilzilalar davomida yuza ostidagi og‘ir moddalar yuqoriga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi va Yer shu yo‘sinda o‘zining yuklarini, Qur'onda zikr etilganidek, yuzaga chiqarib tashlaydi. Jumladan, metall zaxiralari eng ko‘p jamlangan hududlar vulqon faoliyati eng ko‘p kuzatiladigan hududlar hamdir. Keng ko‘lamda olib borilgan tadqiqotlar natijasida yaqinda paydo bo‘lgan bu ilmiy topilmalar Alloh tomonidan Qur'onda ko‘rsatib o‘tilgan ilmiy dalillardan bir shingildir, xolos.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.