background
logotype
image1 image2 image3

Yerning geoid shakli

Shundan keyin Yerni (tuyaqush tuxumi shaklida) yoyib, tekislab qo‘ydi. («Noziot» surasi, 30-oyat)

Yuqoridagi oyatda, «dahaa» so‘zi asl arab tilida ishlatilgan. «Yoyib, tekislab qo‘ydi» deb tarjima qilingan bu so‘z «yozmoq, yoymoq, to‘shamoq» ma'nosini anglatuvchi «dahav» so‘zidan kelib chiqqan. Garchi «dahav» so‘zi surtmoq yoki tartibga solmoq ma'nolarini ham anglatsa-da, u oddiygina qilib tartibga solishni emas, balki doira shaklida tartibga solishni tasvirlaydi.

Aylana tushunchasi «dahav» so‘zidan yasalgan boshqa so‘zlarda ham uchraydi. Masalan, «dahav» so‘zi o‘yin maydonidagi teshikka bolalarning to‘p tushirishini, toshlarni teshikka tushirish bilan bog‘liqo‘yinlar va yong‘oqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlarga nisbatan ham ishlatiladi. Bu so‘z o‘zagidan yasalgan so‘zlar tuyaqushning uya qurishi, o‘zi yotadigan, tuxum qo‘yadigan joylarini toshdan tozalashi va tuxumining o‘ziga nisbatan ham ishlatiladi.

Darhaqiqat, Yer tuxumga o‘xshab ketadigan tarzda dumaloq shaklda. Yerning bir oz yassilangan sharsimon shakli geoid nomi bilan ma'lum. Mana shu nuqtai nazardan, «dahaa» so‘zining ishlatilishi Alloh Yerga bergan shakli haqida muhim ma'lumotni o‘z ichiga oladi. Uzoq asrlar davomida odamlar Yerni butunlay yassi deb tasavvur qilishar edi va faqatgina yaqindagina yangi texnologiyalar sharofati bilan haqiqatni bilib olishdi. Darvoqe, bu haqiqat Qur'onda o‘n to‘rt asr ilgari vahiy qilingan edi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.