background
logotype
image1 image2 image3

Yaxshi himoyalangan osmon

 Qur'onda Alloh bizning e'tiborimizni osmonning juda bir muhim xususiyatiga tortadi:

Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qo‘ydik. Ular (mushriklar) esa ularning alomatlaridan yuz o‘giruvchidirlar. («Anbiyo» surasi, 32-oyat)

Osmonning bu xususiyati XX asrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar orqali isbotlandi: Yerni o‘rab turgan atmosfera hayotning davom etishi uchun ahamiyatli funktsiyalarni bajaradi.

U Yerga yaqinlashib kelgan ko‘plab katta-kichik meteoritlarni yo‘q qilib, ularning Yerga qulab tushishini bartaraf qiladi va mavjudotlarga zarar yetkazishning oldini oladi.

Bundan tashqari, atmosfera jonzotlarga zararli bo‘lgan, kosmosdan kirib keluvchi yorug‘lik nurlanishlarini filtrlaydi. Atmosferadagi bu funktsiyaning eng hayratga qoldiradigan jihati shundaki, u faqatgina xavfsiz va foydali nurlarni ko‘rinadigan yorug‘lik, ultrabinafshaga yaqin bo‘lgan nur va radioto‘lqinlarni o‘tkazadi. Bu radiatsiyalarning barchasi hayot uchun zaruriydir. Atmosfera faqatgina qisman o‘tkazadigan ultrabinafshaga yaqin bo‘lgan nurlar o‘simliklarning fotosintezi hamda barcha mavjudotlarning yashashi uchun juda muhim rol o‘ynaydi. Quyoshdan chiqadigan ko‘pchilik xavfli ultrabinafsha nurlar atmosferaning azon qatlamida filtrlanadi. Ultrabinafsha nurlar spektrining faqat cheklangan va zaruriy qismigina Yergacha yetib keladi.

Atmosferaning himoyalovchi funktsiyasi shu bilan tugamaydi. Atmosfera, shu bilan birga, kosmosning taxminan -270°S (-454°F) bo‘lgan ayovsiz sovug‘idan Yerni asraydi.

Yerni zararli ta'sirlardan yolg‘iz atmosferaning o‘zi himoya qilmaydi. Atmosferaga qo‘shimcha ravishda Van Allen belbog‘i - Yerning magnit maydonidan hosil bo‘lgan qatlam ham bizning sayyoramizga tahdid soluvchi zararli radiatsiyalarga qarshi qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Quyosh va boshqa yulduzlardan muttasil chiqadigan bu radiatsiya tirik jonzotlarga halokatli ta'sir qiladi. Agarda Van Allen belbog‘i bo‘lmaganda edi, Quyoshda vaqt-vaqti bilan sodir bo‘ladigan «Quyosh chaqnashlari» deb ataluvchi juda katta energiya portlashlari Yer yuzidagi hayotni barbod kilgan bo‘lar edi. Van Allen belbog‘ining ahamiyati to‘g‘risida Doktor Xyug Ross shunday deydi:

Aslida bizning Quyosh sistemamizdagi sayyoralarning birortasvda ham Yernikidek o‘ta yuqori zichlik mavjud emas. Bu ulkan nikel-temir yadro bizning ulkan magnit maydonimiz uchun mas'uldir. Bu magnit maydon Van Allen radiatsiya qalqoni (belbog‘i) ni hosil qiladiki, u Yerni radiatsiya bombardimonlaridan himoya qiladi. Agar bu qalqon bo‘lmaganda edi, Yer yuzida tiriklikdan nishon bo‘lmas edi. Magnit maydonga ega bo‘lgan boshqa yagona qoyatoshli sayyora bu - Merkuriydir, ammo undagi magnit maydonning quvvati Yernikiga nisbatan 100 barobar kuchsizdir. Hatto bizning singil sayyoramiz bo‘lgan Venera ham magnit maydonga ega emas. Van Allen radiatsiya qalqoni Yerga ato qilingan tanho konstruktsiyadir.22

 

Yerning magnit maydoni tufayli yuzaga keladigan magnitosfera qatlami Yerni samoviy jismlar, zararli kosmik nurlar va zarralardan himoya qiluvchi qalqon vazifasini o‘taydi. Yuqoridagi rasmda Van Allen belbog‘i deb ham ataladigan bu magnitosfera qatlami ko‘rinib turibdi. Yerdan bir necha kilometr yuqorida o‘rin olgan bu belbog‘lar Yer yuzidagi tirik jonzotlarni kosmosdan yetib kelishi muqarrar bo‘lgan falokatli energiyalardan himoya qiladi.

 

Bu ilmiy topilmalarning barchasi dunyoning o‘zgacha usulda himoya qilinganligidan dalolat beradi. Muhimi shundaki, yaratilgan bu himoya o‘n to‘rt asr ilgari Qur'oni Karimning «Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qo‘ydik», degan oyatida ma'lum qilingan edi.

 

 

 

Osmonga boqayotgan aksari odamlar atmosferaning himoyalovchi jihati haqida mulohaza yuritmaydilar. Ular deyarli hech qachon agar bu struktura bo‘lmaganda dunyoning qanday makon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylabko‘rishmaydi. Yuqoridagi fotosurat AQShning Arizona shtatiga tushgan meteorit hosil qilgan bahaybat kraterga oiddir. Agar atmosfera bo‘lmaganida millionlab meteoritlar Yerga tushgan va Yer yashab bo‘lmas xarobaga aylangan bo‘lar edi. Biroq atmosferaning himoyalovchilik jihati tirik jonzotlarning bexatar hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi. Bu, shaksiz, Allohning o‘z bandalariga bergan panohi, shuningdek, Qur'onda tantanavor e'lon qilingan mo‘jizadir.

Bir necha yillar oldin aniqlangan mana shunday portlashlarning faqat bittasi uzatadigan energiya Ikkinchi jahon urushi oxirida Xirosima ustiga tashlangan bombaga o‘xshash atom bombalaridan 100 milliardiga teng ekanligi hisoblab chiqilgan. Portlash sodir bo‘lgach, ellik sakkiz soatdan so‘ng kompaslarning magnitli millari noodatiy harakatlarni namoyon qilganligi va Yer atmosferasidan 250 km (155 milya) balandlikda temperatura to‘satdan 2500°S (4532'F) ga chiqib ketganligi kuzatildi.

Qisqasi, Yerdan juda balandda mukammal bir tizim ishlab turibdi. U biz yashab turgan dunyoni o‘rab turadi va uni tashqi tahdidlardan himoya qiladi. Ko‘p asrlar muqaddam bu himoyachi qalqon vazifasida xizmat qilayotgan dunyoning atmosferasi haqida Alloh bizga Qur'onda xabar bergan edi.

_______________
22. «The Incredible Design of the Earth and Our Solar System» (Ep va Kuyosh sistemamizdaga akl bovar qilmas dizayn);  www.godandscience.org/apologetics/designss.html


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.