background
logotype
image1 image2 image3

Yaratilishda juftliklar

Yer undiradigan narsalardan, (odamlarning) o‘zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur. («Yosin» surasi, 36-oyat)

«Erkak va ayol» degani «juft» degan tushunchaga ekvivalent bo‘lsa-da, Qur'onda aytilgan «ular bilmaydigan narsalar» jumlasi juda keng ma'noga ega. Haqiqatan ham, hozirgi paytda bu oyatda ta'kidlab o‘tilgan ma'nolarning bittasiga duch kelamiz. Materiyaning juft qilib yaratilganligini kashf qilgan britaniyalik fizik Pol Dirak 1933 yilda fizika sohasida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan edi. «Juftlik» nomi bilan ma'lum bu kashfiyot, materiya va antimateriya sifatida ma'lum bo‘lgan ikkilikni kashf qildi: Antimateriya materiyaga qarshi xususiyatlardan iborat bo‘ladi. Misol uchun, materiyaga teskari ravishda antimateriya elektronlari musbat va protonlari esa manfiydir. Bu fakt ilmiy bir manbada quyidagicha yoritilgan:

... har bir zarra o‘zining qarshi zaryadli antizarrasiga ega... Noaniklik bog‘lanishi bizga shundan xabar beradiki, juft bo‘lib yaralish va juft bo‘lib yo‘qolish hodisasi vakuum sharoitida hamma vaqt va hamma joyda sodir bo‘ladi.48

Yaratilishda ikkilikka yana bir misol o‘simliklardir. 100 yillar oldin botaniklar o‘simliklarda jins jihatdan farqlar borligini kashf qilishdi.49 Biroq o‘simliklarning juft qilib yaratilganligi Qur'onning quyidagi oyatlarida 1400 yil ilgari vahiy qilingan edi:

Ko‘rayapsizki, osmonlarni ustunlarsiz yaratib, sizlarni tebratmasligi uchun Yerda mustahkam turuvchi tog‘larni barpo qildi va unda har turli jondor(lar)ni tarqatib qo‘ydi. Yana Biz osmondan suv (yomgir) yogdirib, (erda) turli saxovatli (o‘simliklarni) juft-juft qilibundirib qo‘ydik.(«Luqmon» surasi, 10-oyat)

U Yerni sizlar uchun beshik (qarorgoh) qilib qo‘ydi va unda yo‘llar paydo qildi hamda osmondan suv (yomg‘ir, qor) yog‘dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan turli o‘simlik juftlarini undirib chiqardik. («Toho» surasi, 53-oyat)

Shuningdek, mevalar ham ikki turlidir: erkak va urg‘ochi. Bu haqda Qur'onda shunday deyiladi:

U Yerni yoyib qo‘ygan va unda tog‘lar va daryolar paydo qilgan zotdir. U Yerdagi mevalarni ikkitadan - juft-juft qilib yaratdi. U tun bilan kunduzni o‘raydi. Albatta, bu (misollar)da fikr yuritadigan qavm uchun alomatlar bordir. («Ra'd» surasi, 3-oyat)

«Ikkitadan - juft-juft» deb tarjima qilingan «zavjayni» so‘zi «juftlikning bittasi» degan ma'noni anglatuvchi «zavj» so‘zidan kelib chiqdan. Biz bilamizki, mevalar yetilgan o‘simliklar tomonidan yetishtiriladigan yakuniy mahsulotdir. Meva bo‘lishidan oldingi bosqich guldir. Gullarning ham erkak va urg‘ochi organlari bo‘ladi. Gulchang gulga tashib borilib, changlanish yuz bergandan so‘ng, ular meva tugishni boshlaydilar. Meva asta-sekin pishadi va urug‘ chiqarishni boshlaydi. Mevalarning jinsiy fazilatlari borligi haqidagi dalil Qur'onda ta'kidlangan ilmiy ma'lumotlardan yana biridir.

__________
48. Henning Genz, «Nothingness: The Science of Empty Space» (Yo‘qlik: bo‘sh fazo haqidagi fan), 205, ww.2think.org/nothingness.shtml
49. C. A. Vanna, «Miracle: Quran: The Living Miracle» (Mo‘‘jiza: Qur’on: tiriklik mo‘‘jizasi), The Revival 5, 2-nashr,  www.therevival.co.uk/Revival_issue/vol5_iss2_quran_miracle.htm


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.