background
logotype
image1 image2 image3

Tasvirning uzatilishi

Kitobdan (Ismi a'zamdan) xabardor bo‘lgan zot esa: «Men ko‘zing o‘zingga qaytgunicha (ko‘z ochib-yumguningcha) uni senga keltirurman», - dedi. Bas, uning (taxtning) o‘z huzurida turganini ko‘rgach, dedi: «Bu Rabbimning shukr kilamanmi yoki noshukrlik qilamanmi, imtihon etish uchun bergan fazlidandir ...» («Naml» surasi, 40-oyat)

«Kitobdan (Ismi a'zamdan) xabardor bo‘lgan zot» Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ga malika Saba'ning taxtini unga juda tez keltira olishini aytadi. Bu ehtimol bugungi kun ilg‘or texnologiyalari bilan tasvirlarning uzatilishiga bir ishoradir. Boshqa bir oyat bu xususda shunday xabar qiladi:

(Shunda) jinlardan bir alvasti aytdi: «Men uni senga o‘rningdan turishingdan ilgari keltirurman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidirman.» («Naml» surasi, 39-oyat)

Hozirgi kunda matn, suratlar va filmlar Internet va kompyuter texnologiyasi sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar yordamida dunyoning har qanday burchagiga bir necha soniyalarda yetkazilishi mumkin. Misol uchun, malikaning taxtini Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning qarorgohiga juda tez olib keltirish to‘g‘risidagi haqiqat kelgusida uch o‘lchovli surat yoki tasvirni ko‘z ochib-yumguncha Internet orqali jo‘natish imkoniyati tug‘ilishini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin.

Olimlarning fikriga ko‘ra, yaqin kelajakda atom va molekulalar hamda kattaroq jismlarning teleportatsiyasi haqiqatga aylanishi mumkin. Bu uslub orqali predmetlarning moddiy xususiyatlari bir joydan olinib, ular qayta quriladigan boshqa joyga har bir jihati va atom ketma-ketligini saqlagan holda uzatiladi. Bir kun kelib bu texnologiya ishga tushadigan bo‘lsa, makon va zamon muayyan bir masofani bosib o‘tishga ortiqcha to‘sqinlik qila olmaydi va predmetlar hech qanday masofani bosib o‘tmasdan bir zumda har qanday joyga tashib o‘tila olishi mumkin.197

1998 yilda Kaliforniya Texnologiya instituti (Kaltex)da ikkita yevropalik guruh bilan ishlayotgan fiziklar fotonni tashib o‘tishga muvaffaq bo‘ldilar. Olimlar fotonning atom tuzilishini o‘qish orqali uning nusxasini shakllantirdilar, so‘ngra bu ma'lumotni 1 metr (3,28 fut) masofaga olib uzatish sharafiga muyassar bo‘ldilar. Yaqinda o‘tkazilgan boshqa bir teleportatsiya tajribasida Avstraliya Milliy universiteti (AMU)da faoliyat ko‘rsatayotgan Ping Koy Lam va boshqa tadqiqotchilar lazer nurini qisqa masofaga uzata oddilar.198

Darhaqiqat, 2002 yil 17 iyulda CNN axborot telekanali bergan bayonotga ko‘ra, Kanberradagi Avstraliya Milliy universitetida ish olib borayotgan bir guruh fiziklar lazer nurini ajratishgan vauni bir necha metr masofaga «olib uzatishgan». Guruhning boshlig‘i Ping Koy Lamning xabar berishicha, ular hali materiyani uning atom holatida uzata olishga muvaffaq bo‘lmaganlar. Biroq uning fikriga ko‘ra, bu yechimi topilmaydigan masala emas, balki kelajakda ro‘yobga chiqishi mumkin bo‘lgan haqiqatdir.

Nature nomli ilmiy bir jurnalda chop etilgan izlanishga ko‘ra, Daniyaning Orxus universitetida ish olib borayotgan Yujin Polzik hamda uning hamkasblari lazer nuri va kvant fizikasidan foydalanib, ko‘p sonli atomlar ustida muvaffaqiyatli tajribalar o‘gkazishgan.199 O'zining teleportatsiya salohiyati tahlilida(Scientific America jurnalida chop etilgan) avstraliyalik fizik Anton Zeylinger fizika qonunlarini buzmasdan turib, ancha murakkab tizimlarni teleportatsiya qilish mumkin ekanligi haqida ma'lumot bergan.200

Qur'on oyatida «Toki ularga uning (Qur'onning) haq ekani aniq ma'lum bo‘lgunicha, albatta, Biz ularga atrofdagi va o‘z vujudlaridagi alomatlarimizni ko‘rsatajakmiz...» («Fussilat» surasi, 53-oyat) deb vahiy qilinganidek, bu ilmiy taraqqiyotlar Qur'onda zikr etilgan texnologiyalarning bir qismi bo‘lib, ularning barchasi uning mo‘‘jizaviy jihatlarini ochib beradi.

__________
198. Doktor Deyvid Uaytxaus, BBC News Online, 17 iyun, 2002. 
199. «Atom Experiment Brings Teleportation a Step Closer» (ATOM tajribasi teleportatsiyaning bir qadam yaqinlashishiga olib keladi), Reuters, 26 sentyabr, 2001;  www.space.com/businesstechnology/technology/quantum_teleportation_010926.html
200. Jeyms Shults, «Teleporting, the Quantum Way» (Teleportatsiya qilish, Kvantcha usul), Space News, 12 oktyabr, 2000. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.