background
logotype
image1 image2 image3

Shamol paydo bo’lishining bosqichlari

... hamda shamollarning yo‘naltirilishida aql yurgazadigan kishilar uchun alomatlar bordir. («Josiya» surasi, 5-oyat)

Shamol havoning harakati bo‘lib, u ikkita turli harorat markazlari o‘rtasida shakllanadi. Atmosferadagi turli haroratlar orqali hosil bo‘ladigan turli bosimlar tufayli havo muttasil yuqori bosimli hududlardan past bosimli hududlarga qarab oqadi. Agarda bosim markazlari o‘rtasidagi farqlar, ya'ni atmosferadagi haroratlar katta bo‘lsa, havo oqimi, boshqacha qilib aytganda, shamol juda kuchli bo‘ladi, shunday kuchli bo‘ladiki, katta talafot yetkazadigan quyunlar yuzaga kelishi tabiiy.


Yon tomonda berilgan diagrammalar Yer yuzida havo oqimlari va shamollarning paydo bo‘lishini ko‘rsatadi. 

Bu yerda hayratlanarli tomoni shundaki, turli-tuman haroratlar va bosimlarning ekvator hamda qutb kabi mintaqalari bo‘lishiga qaramasdan, Allohning yaratishidagi tartib sharofati bilan, bizning Yerimiz og‘ir musibatlar keltiruvchi shiddatli shamollar og‘ushida qolmaydi. Aksincha, agarda qutblar va ekvator o‘rtasida esadigan shamollar kuchi qirqilmaganda edi, Yer quyunlar tomonidan muttasil vayron qilinadigan o‘lik sayyoraga aylanar edi.

Yuqoridagi oyatda keltirilgan arabcha «tasriifi ir-riyaah» jumlasidagi «tasriif» so‘zi «ko‘p martalab ag‘darilish, yo‘nal-tirish, biror narsani shaklga solish, boshqarish, tarqatish» kabi ma'nolarni anglatadi. Shamol uchun bu so‘zning tanlab olinishi uning tartibli ravishda esish usulini to‘liq ifodalaydi. Bu jumla shamolning o‘zicha, tasodifiy tarzda esmasligini yaqqol ta'riflab beruvchi jumla hamdir. Faqat Allohgina inson hayotini ta'minlash uchun shamollarni shu yo‘sinda yo‘naltiradi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.