background
logotype
image1 image2 image3

Quyoshning harakat trayektoriyasi

Qur'onda Quyosh va Oyning muayyan traektoriyalar bo‘ylab harakatlanishiga urg‘u berilgan:

U kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan zotdir. (Bu ikkisining) har biri falakda suzib yurar. («Anbiyo» surasi, 33-oyat)

Bu oyatdagi «suzib yurar» so‘zi arabchada «sabaha» so‘zi orqali ifodalangan va u Quyoshning kosmosdagi harakatini tasvirlash uchun ishlatiladi. Bu so‘z Quyoshning kosmos oralab betartib harakatini emas, balki o‘zining o‘qi atrofida aylanishini va shu bilan birga, bir yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishini anglatadi. Shuningdek, Quyoshning o‘z o‘rnida qotib turishi emas, balki muayyan bir traektoriya bo‘ylab harakatlanishi ham boshqa bir oyatda aytib o‘tilgan:

Quyosh (tinmay) o‘z qarorgohi sari sayr qilur. Bu qudratli va bilimli zot (Alloh)ning ulchovidir. («Yosin» surasi, 38-oyat)

Qur'onda zikr etilgan bu xabarlar, bizning asrimizda astronomiya fanidagi rivojlanishlar orqali kashf qilindi. Astronomiya fani mutaxassislarining hisoblashicha, Quyosh soatiga 720 000 km (447000 milya) bo‘lgan juda katta tezlik bilan Quyosh Apeksi deb nomlanuvchi yo‘l bo‘ylab Vega yulduzi tomon uchib bormoqda. Bu shundan dalolat beradiki, Quyosh bir kunda taxminan 17,28 million kilometr (10,74 million milya) masofaga uchadi. Quyosh bilan birga, uning tortishish sistemasida bo‘lgan barcha sayyoralar va yo‘ldoshlar ham bir xil masofada uchadi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.