Quyosh, Oy va yulduzlar orasidagi strukturaviy farqlar
Tepangizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni) paydo qildik. («Naba'» surasi, 12-13-oyatlar)
Bizga ma'lumki, Quyosh sistemasidagi yagona yorug‘lik manbai. Quyoshning o‘zidir. Texnologiyada erishilgan yutuqlar sharafi bilan astronomlar Oyning yorug‘lik manbai emasligini, balki u bor-yo‘g‘i Quyoshdan unga yetib keladigan yorug‘likni aks ettiruvchi (qaytaruvchi) ekanligini kashf qildilar. Yuqoridagi oyatda ishlatilgan «chiroq» so‘zi arabcha «sirooj» degan so‘zning tarjimasidir. Arab tilidagi bu so‘z yorug‘lik va issiqlik manbai bo‘lgan Quyoshni to‘laqonli tasvirlaydi.
Oy, Quyosh va yulduzlar kabi samoviy jismlarga ishora qilish uchun Alloh Qur'onda turli so‘zlarni ishlatgan. Quyosh va Oy strukturalari o‘rtasidagi farq Qur'onda quyidagidek ifodalangan:
Ko‘rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday qavatma-qavat qilib yaratdi. Oyni ular ichida nur qilib, Quyoshni esa chiroq qilib qo‘ydi. («Nuh» surasi, 15-16-oyatlar)
Yuqoridagi oyatda «nur» so‘zi (arabchada «nur») Oy uchun va «chiroq» so‘zi (arabchada «sirooj»)Quyosh uchun ishlatilgan. Oy uchun ishlatilgan so‘z yorug‘likni aks ettiruvchi, yorug‘, harakatsiz jismlarni nazarda tutadi. Quyosh uchun ishlatilgan so‘z esa har doim yonib turuvchi, issiqlik va yorug‘likning o‘zgarmas manbai bo‘lgan samoviy jismgaishoraqiladi.
Bundan tashqari, «yulduz» so‘zi ildizi «najama» bo‘lgan arabcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, u «paydo bo‘luvchi, yuzaga keluvchi, ko‘zga ko‘rinadigan» ma'nolarini anglatadi. Quyidagi oyatdagidek, yulduzlarga «saatsib» so‘zi bilan ham murojaat qilinganki, u yaraqlagan va qorong‘ilikni yorug‘lik bilan teshuvchi, yonuvchi jismga nisbatan ishlatilgan:
(U qorong‘ilikni) teshuvchi yulduzdir. («Toriq» surasi, 3-oyat)
Endi biz Oyning o‘zi yorug‘lik taratmasligini, balki Quyosh chiqaradigan va unga yetib keladigan nurni aks ettirishini bilamiz. Bu haqiqat Qur'onda insoniyat ilmiy kashfiyotlar qilish vositalariga ega bo‘lmagan bir asrda vahiy qilingan edi. Bu asr shunday asr ediki, u paytlarda odamlarning samoviy jismlar haqidagi bilimi juda cheklangan, aniqrog‘i juda past darajada edi. Bu Islom kitobining mo‘jizakor tabiatli ekanligiga yana bir bor urg‘u beradi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.