background
logotype
image1 image2 image3

Qaytaruvchi osmon

Qur'ondagi «Toriq» surasining 11-oyati osmonning qaytaruvchanlik funktsiyasi haqida xabar beradi:

Qasamyod etaman qaytaruvchi osmon bilan. («Toriq» surasi, 11-oyat)

Qur'on tarjimalarida «qaytarmoq» deb berilgan arabcha «raj'» so‘zi «orqaga jo‘natuvchi» yoki «qaytaruvchi» kabi ma'nolarga ega. Ma'lumki, Yerni o‘rab turgan atmosfera ko‘p qatlamlardan tashkil topgan. Har bir qatlam Yer yuzida hayotni ta'min etishdek muhim maqsad sari xizmat qiladi. Tadqiqotlar bu qatlamlarning duch kelingan material yoki nurlarni qaerdan kelgan bo‘lsa, o‘sha yoqqa, agar kosmosdan kelgan bo‘lsa, yana kosmosga, agar Yerdan kelsa, yana Yerga qaytarib yuborish funktsiyasiga ega ekanligini aniqladi. Endi keling, Yerni o‘rab turgan qatlamlarning bunday qaytaruvchanlik funktsiyasini bir necha o‘rinli misollar orqali tekshirib ko‘ramiz.

Yerdan 13-15 kilometr (8-9,3 milya) balandlikda bo‘lgan troposfera Yer yuzidan ko‘tariladigan suv bug‘larini suyultirib, orqaga yomg‘ir qilib jo‘natadi. Yerdan 25 kilometr (15,5 milya) balandlikdagi stratosferaning quyi qatlami bo‘lgan ozon qatlami kosmosdan kelayotgan zararli radiatsiyalar hamda ultrabinafsha nurlarni aks ettirib, har ikkalasini ham qaytarib kosmosga jo‘natadi.

Ionosfera Yerdan uzatiladigan radioto‘lqinlarni, xuddi passiv aloqa tizimi bo‘lgan sun'iy yo‘ldoshlar kabi aks ettirib, dunyoning turli burchaklariga qaytaradi. Shu yo‘sinda, u elektr simisiz aloqa, radio va televizion eshittirishlarni juda uzoq masofalarga yetkazish imkoniyatini ta'minlaydi. Magnitosfera qatlami Quyosh va boshqa yulduzlardan chiqadigan zararli radioaktiv zarralarni Yerga yetib kelmasidanoq kosmosga qaytarib yuboradi.

Bor-yo‘g‘i yaqin o‘tmishdagina aniqlangan atmosfera qatlamlarining bu xislati ming yillar burun Qur'onda xabar berilgan ediki, u yana bir bor Qur'on Allohning kalomi ekanligini tasdiqlaydi.

 

Yerdagi hayot uchun suvning bo‘lishi juda zarur. Suvning hosil bo‘lishida rol o‘ynaydigan omillarning biriatmosferaning qatlamlaridan biri bo‘lgan troposferadir. Troposfera qatlami Yer yuzidan ko‘tarilgan suv bug‘larinisuyultiradi va o‘sha zahotiyoq Yerga yomg‘ir shaklida qaytaradi.

 

  

 

Yerdagi hayot uchun falokatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan nurlarning o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi atmosfera qatlamiozonosferadir. Ozonosfera ultrabinafsha kabi zararlik osmik nurlarni qaytarib yana kosmosga jo‘natadi va shu tarzda bu nurlarning Yerga yetib kelishi va hayotga zarar yetkazishining oldini oladi.

 

 

 

Atmosferaning har bir qatlami insonlar uchun foydali xislatlarga ega. Misol uchun, ionosfera qatlami ma'lum birmarkazdan uzatilayotgan radio to‘lqinlarni aks ettirib, Yerga qaytaradi va shu yo‘sinda tele va radioeshittirishlarniuzoq masofalardan qabul qilinishiga imkon yaratadi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.