background
logotype
image1 image2 image3

Qamariya (Oy yili)ni hisoblash

quyoshni ziyo (taratuvchi) va oyni nur (sochuvchi) etgan hamda yillarning adadini va (vaqt va zamonga doir) hisobni bilishlaringiz uchun uni (oyni) manzillarga (bo‘lib) o‘lchab qo‘ygan zotdir. Buni Alloh faqat haq (hikmat) bilangina yaratdi. Biluvchi qavm uchun oyatlarni (U) batafsil bayon qilur. («Yunus» surasi, 5-oyat)

Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog‘idek bo‘lib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) o‘lchab qo‘ygandirmiz. («Yosin» surasi, 39-oyat)

Yuqoridagi oyatlarning birinchisida Alloh Oyning odamlar uchun yilni hisoblashlarida o‘lchov vositasi bo‘lishini ochiq-oydin vahiy qilgan. Shuningdek, bizning diqqatimiz bu hisoblashlar Oyning o‘z orbitasida aylanayotib, tutgan o‘rinlariga binoan amalga oshirilishiga qaratiladi. Yer va Oy hamda Oy va Quyosh o‘rtasidagi burchaklar muntazam o‘zgarib turishi bois, biz Oyni turli paytda turli shakllarda ko‘ramiz. Jumladan, bizning Oyni ko‘ra olishimiz uning Quyosh tomonidan yoritilishi tufaylidir. Biz Yerdan turib ko‘radigan Oyning yarmidagi yoritilish miqdori o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlarni yodda tutib, insonlarga yilni o‘lchash imkoniyatini beruvchi bir qancha hisoblashlarni amalga oshirish mumkin.

O'tmishda bir oylik vaqt miqdori ikki to‘lin oy o‘rtasidagi vaqt yoki Oyning Yerni aylanib chiqishida ketgan vaqtidan kelib chiqib hisoblangan. Shunga ko‘ra, bir oy vaqt 29 kun, 12 soat va 44 daqiqaga to‘g‘ri kelar edi. Bu «qamariya oyi» sifatida ma'lum. Hijriy taqvimga binoan, o‘n ikki qamariya oyi bir yilni tashkil etadi. Ammo Hijriy taqvim va Georgiy taqvimi o‘rtasida o‘n bir kunlik farq bor bo‘lib, Georgiy taqvimidagi bir yil Yerning Quyoshni bir marta aylanib chiqishida ketadigan vaqtga tengdir. Endi e'tiborimizni boshqa bir oyatda bu farq haqida aytilgan xabarga qaratamiz:

(Ular) g‘orlarida uch yuz yil turdilar va yana to‘qqiz (yil)ni ziyoda qildilar. («Kahf» surasi, 25-oyat)

Biz oyatda ishora qilingan vaqtga shu tarzda oydinlik kiritamiz: 300 yil X 11 kun (har yili yuzaga keladigan farq) = 3300 kun. Bir quyosh yili 365 kun, 5 soat, 48 daqiqa va 45,5 soniyadan iborat ekanligini hisobga olsak, 3300 kun : 365,24 kun = 9 yil. Buni boshqacha qilib ifodalasak, Georgiy taqvimiga ko‘ra 300 yil Hijriy taqvimi bo‘yicha 300+9 yilga tengdir. Guvoh bo‘lganimizdek, bu oyat aniq hisoblab chiqilgan 9 yil farqni nazarda tutmoqda. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Vaqt to‘g‘risidagi har kungi bilimdan ortiq bunday ma'lumotni o‘z ichiga olgan Qur'on g‘ayritabiiy vahiydir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.