background
logotype
image1 image2 image3

Oyga sayohat

(Bas, qasamyod etaman) ... hamda to‘lin Oy bilanki, albatta sizlar bosqichma-bosqich (chiqib) kelursizlar! Bas, nega ular imon keltirmaydidar?! («Inshnqoq» surasn, 18-20-oyatlar)

Yuqoridagi oyatlarda Alloh to‘lin Oy bilan qasam ichib, so‘ng odamlarning bosqichma-bosqich chiqib kelishi haqida so‘z yuritiladi. «Tarkabu» fe'li «rokiba» (ko‘tarilmoq biror yo‘ldan yurmoq izidan bormoq, boshlamoq, kirishmoq, ishtirok etmoq yoki boshqarmoq) fe'lidan kelib chiqqan. Mana shu ma'nolarga asos-langan holda, «sizlar bosqichma-bosqich (chiqib) kelursizlar» degan ifoda bortiga chiqiladigan transportni nazarda tutayapti, degan xulosaga kelish mumkin.

Binobarin, astronavtlarning fazoviy kemasi atmosferaning har bir qatlamini birin-ketin bosib o‘tadi va so‘ng Oyning tortishish maydoniga o‘tishni boshlaydi. Shunday qilib, alohida qatlamlarni ortda qoldirib Oyga yetib boriladi. Jumladan, «Inshiqoq» surasining 18-oyatida Oyga qasamyod qilinishi bundagi urg‘uni kuchaytiradi va u insoniyatning Oyga safar qilajagidan darak berayotgan bo‘lishi tabiiy. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.