background
logotype
image1 image2 image3

Osmonlar va yerning ajralishi

Osmonlarning yaratilishi to‘g‘risida bir oyatda quyidagicha xabar beriladi:

Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?! («Anbiyo» surasi, 30-oyat)

«Yaxlit» deb tarjima qilingan «ratq» so‘zi arablarning ona tilida «bir-biriga aralashgan, qorishgan» degan ma'noni anglatadi. U umumiy bir butunni tashkil etuvchi ikki turli moddaga nisbatan qo‘llaniladi. «Biz yorib yuborganmiz» jumlasi esa arabchadagi «fataqa» fe'lidir va u ajralish yoki bir-biriga boglovchi narsalar tuzilmasini buzish orqali biror narsaning vujudga kelishini nazarda tutadi. Tuproqdan urugning unib chiqishi ham bu fe'lning ma'no doirasidagi harakatlardan biridir.

Keling, yana bir bor yuqoridagi oyatga nazar tashlaymiz. Oyatda osmon va yer avvalo «ratq» holatida turibdi. Ularning biri boshqasidan chiqib, ular ajratiladi (fataqa). Qizigi shundaki, agar biz Katta portlashning dastlabki holatini ko‘z oldimizga keltirsak, biz koinotning jamiki materiyasi bitta nuqtaga jamlanganini ko‘ramiz. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, hamma narsa, shuningdek, hali yaratilmagan «osmonlar va yer» ham bir-biriga o‘ralib ketgan va ajralmas holatda edi. So‘ngra bu nuqta juda qattiq portladi va o‘z materiyasining qismlarga ajralib ketishiga sabab bo‘ldi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.