background
logotype
image1 image2 image3

Orbitalar va aylanayotgan koinot

Koinotdagi buyuk muvozanatni saqlab turuvchi eng muhim sabablardan biri shuki, samoviy jismlar muayyan bir yo‘llar bo‘ylab harakatlanadilar. Yulduzlar, sayyoralar va yo‘ldoshlarning barchasi o‘z o‘qi atrofida hamda o‘zi taalluqli bo‘lgan sistema bilan birgalikda ham aylanadi. Koinot xuddi fabrikadagi g‘ildiraklarga o‘xshab uyg‘un bir tartibda ishlaydi.

Ko‘rinib turgan koinotda 100 milliarddan ko‘proq galaktikalar bor va har bir kichik galaktika taxminan bir milliardga yaqin yulduzlardan iborat. Shuningdek, har bir katta galaktikada trilliondan ortiq yulduz mavjud.17 Bu yulduzlarning ko‘pchiligi sayyoralarga va bu sayyoralarning ko‘pchiligi o‘z yo‘ldoshlariga ega. Bu samoviy jismlarning barchasi juda aniq hisoblab chikilgan yo‘l va orbitalar bo‘ylab harakat qiladi. Millionlab yillardan buyon bu jismlarning har biri boshqalari bilan to‘laqonli, hamohang ravishda, o‘z yo‘llari bo‘ylab harakat qilib yuribdi. Bundan tashqari, juda ko‘p kometalar ham ular uchun oldindan belgilab qo‘yilgan yo‘llar bo‘ylab harakat qiladi.

Yana shu narsani ta'kidlash lozimki, koinotdagi yo‘llar faqatgina bir necha samoviy jismlar bilan cheklangan emas. Quyosh sistemasi va hatto boshqa galaktikalar ham boshqa markazlar atrofida katta harakat qilishini namoyon etadi. Har yili Yer va u bilan birga Quyosh sistemasi ham bir yil oldin turgan joyidan 500 million km (310 million milya) cha oldinga siljiydi. Hisoblanishicha, samoviy jismlar o‘z yo‘llaridan hattoki ozgina chetga chiqqan taqdirda ham bu shunday og‘ir sinoatlarga olib kelgan bo‘lardiki, u butun sistemaning halokatga duchor bo‘lishi muqarrar, degan ma'noni anglatadi. Misol uchun, Yer o‘z yo‘nalishidan bor-yo‘g‘i 3 mm chetga chiqqanda bu hol qanday oqibatlarga olib kelishi manbalarning birida quyidagidek tasvirlangan:

Quyosh atrofida aylana turib, Yer shunday orbitada harakat qiladiki, har 18 milada u to‘g‘ri yo‘nalishdan faqatgina 2,8 millimetrga chetga chiqadi. Yer harakat qiladigan orbita hech qachon o‘zgarmaydi, chunki hattoki 3 mm chetga chiqishi ham halokatli musibatlarga sabab bo‘lar edi: agar chetga chiqish 2,8 mm o‘rniga 2,5 mm bo‘lgavda edi, uvda orbita juda katta bo‘lar va bizning barchamiz muzlab qolgan bo‘lar edik. Agar chetga chiqish 3,1 mm bo‘lgavda edi, biz o‘limga giriftor bo‘lar edik.18

Shubhasiz, Qur'on nozil bo‘lgan paytda insoniyat na kosmosdagi millionlab kilometr masofalarda joylashgan jismlarni kuzata oladigan bugungi teleskoplar yoki zamonaviy kuzatuv texnikalariga ega edi va na fizika yoki astronomiya kabi sohalarda hozirgidek bilimlar sohibi edi. Shuning uchun o‘sha paytda, oyatda xabar berilganidek, kosmosning «(Yulduzlar harakat qiladigan) yo‘llar» («Zoriyot» surasi, 7-oyat) ini ilmiy jihatdan aniqlashning imkoni yo‘q edi. Ammo o‘sha paytda nozil qilingan Qur'oni Karim, bu haqiqatga doir ma'lumotlarni ta'minlab bergan edi. Bu esa mazkur kitob shubhasiz Allohning kalomi ekanligini isbotlaydi.

 

Koinotdagi boshqa ko‘p kometalar singari, quyida ko‘rsatilgan Galley kometasi ham rejali bir orbita bo‘ylab harakat qiladi. Uning o‘ziga xos orbitasi bo‘lib, u shu orbita bo‘ylab boshqa samoviy jismlar bilan to‘laqonli hamohang harakat qiladi.

 

Barcha samoviy jismlar, jumladan, sayyoralar, bu sayyoralarning yo‘ldoshlari, yulduzlar va hatto galaktikalar ham o‘z orbitalariga ega bo‘lib, bu orbitalar juda puxta o‘ylanib, hisoblab chiqilgan. Bunday mukammal tartibni yaratgan va bu tartibni ta'minlab turgan zot - Alloh butun olamlarning yaratuvchisidir.

_______________
17. World Book Encyclopedia (Jahon entsiklopediya kitobi), 2003; hissador: Kennet Brecher, f. f. d. , Boston universitetida astronomiya va fizika fanlari professori. 
18. Bilim ve Teknik (Fan va texnologiya jurnali), iyul 1983. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.