background
logotype
image1 image2 image3

Olovsiz yonish

Alloh osmonlar va Yerning «nuri»dir. Nurning misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir durdan yaralgan yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq)na sharqiy va na g‘arbiy bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qushilganda esa) nur ustiga nur (bulur). Alloh o‘zining (bu) nuriga o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) misollarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir. («Nur» surasi, 35-oyat)

Bu oyat yorug‘lik chiqaruvchi qandaydir bir narsaga ishora qilmoqda. Bu yorug‘lik chiqaruvchi narsa yulduzga qiyoslanmoqda. Na Sharq va na G'arbga tegishli bu yulduzga o‘xshash, yorug‘lik chiqaruvchi jism tomonidan ishlatiladigan yoqilg‘i shu jismning moddiy hajm (o‘lcham) ga ega emasligini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Agar bu yoqilg‘i manbai energiya o‘lchami deb hisoblansa, unda oyatda qayd etilgan yoqilg‘i elektr energiyaga, yorug‘lik chiqaradigan jism esa yorug‘lik lampochkasiga juda ham o‘xshab ketadi.

Lampochka yulduzdek yaraqlaydigan va nur chiqaradigan shisha ichidagi jism bo‘lib, oyatda ta'riflanganga to‘liq mos keladi. Moyli lampalar va gazli lampalardan farqli o‘laroq, yorug‘lik lam-pochkalari moy yoqmaydi va oyatda qayd etilgan ta'rifga muvofiq tarzda uning ichida olovsiz yonish hodisasi yuz beradi. Issiqlikka chidamli volfram simining atomlari orasidagi tebranish natijasida, lampochkaning ichidagi harorat 2000 daraja Selsiy (3,630°Farangeyt) dan yuqoriga ko‘tariladi. Boshqa metallarni eritib yuborishi mumkin bo‘lgan bu harorat shunchalik balandki, u juda kuchli ko‘rinadigan yorug‘likni paydo qiladi. Biroq mana shu issiqlikka qaramasdan, yana oyatga muvofiq, yonish hodisasi yuz bermaydi, chunki lampochkada kislorod bo‘lmaydi. Shuningdek, lampochka ichidagi tola porloq yulduzga o‘xshaydi.

Agar biz elektr tokini dunyo tarixidagi eng buyuk kash-fiyotlardan biri va u lampochkalar yordamida deyarli butun jahonni yoritadi, deb hisoblasak, unda bu oyat balki mana shu katta kashfiyotga ishora qilmoqdadir, deb taxmin qilishimiz mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Boshqa bir tushuntirish yorug‘lik yulduzlardagi atom reaktsiyalari natijasida chiqadi deb izohlanishi mumkin. Yulduzlar yorug‘, issiq aylanayotgan gaz massasi bo‘lib, atom reaktsiyalari natijasida juda katta miqdordagi yorug‘lik va issiqlik chiqaradi. Ko‘pchilik yangi paydo bo‘layotgan katta yulduzlar o‘z tortishish kuchining tortish og‘irligi ostida inqirozga yuz tuta boshlaydilar. Bu ularning markazlari issiqroq va zichroq deganidir. Yulduzning markazidagi materiya ortiq darajada isib ketganda - u kamida 10 million daraja Selsiy (18 million daraja Farangeyt) ga yetganda - atom reaktsiyalari boshlanadi.56 Yulduz ichida sodir bo‘ladigan jarayon shuki, katta energiya (erish) bilan vodorod geliyga aylanadi. Yadro sintezi vodorod hosil qiluvchi zarralarni o‘ziga oladi va geliy hosil qilish uchun ularni bir-biriga yopishtiradi (1 ta geliy atomi 4 ta vodorod atomidan yasaladi). Proton va neytronlarni geliy ichida ushlab turish uchun atomlar juda katta energiya chiqaradi. Bu jarayonda qo‘yib yuboriladigan energiya yulduzning yuzasidan yorug‘lik va issiqlik sifatida radiatsiya bo‘lib tarqaladi. Vodorod ishlatib bo‘lingandan so‘ng, geliy bilan yonishni boshlaydi va xuddi shu yo‘sinda og‘irroqelementlar shakllanadi. Bu reaktsiyalar yulduzning massasi ishlatib bo‘linguncha davom etadi.

Biroq yulduzlar ichidagi bu reaktsiyalarda kislorod ishlatil-masligi sababli, natijada odatdagi, masalan, bir bo‘lak yog‘och yonganda sodir bo‘ladigandek, yonish bo‘lmaydi. Yulduzlarda gigant alanga bo‘lib ko‘ringan yonish aslida olovdan kelib chiqmaydi. Darhaqiqat, oyatda ham xuddi shunday yonish ta'riflangan. Agar bu oyat yulduzni, uning yonilg‘isini va olovsiz yonishini nazarda tutayapti, deb talqin qilinsa, unda bu oyat yulduzlarda yorug‘lik chiqishi va yonish usulini nazarda tutmoqda, deb ham talqin qilinishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

__________
56. Digitale Ausgabe LexiRom (LexiRom raqamli ifodalar).


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.