O’lchovli miqdordagi yomg’ir
Qur'onda aytilgan boshqa bir ma'lumot yomg‘irning Yerga «tegishli me'yorda» yog‘dirilishi haqidadir. Bu «Zuxruf» surasida quyidagicha yoritilgan:
O'sha zot osmondan (aniq) o‘lchov bilan suv (yomg‘ir) yog‘dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan «o‘lik» yerni «tiriltirdik» (giyohlarni chiqardik). Sizlar ham (qiyomatda qabrlaringizdan) mana shunday chiqarilursizlar. («Zuxruf» surasi, 11-oyat)
Har yili havoga bug‘ bo‘lib ko‘tariladigan va Yerga yomg‘ir shaklida qaytib tushadigan suv miqdori «o‘zgarmas»dir: 513 trillion tonna. Bu miqdor haqida Qur’onda «osmondan (aniq) o‘lchov bilan suv (yomg‘ir) yog‘dirish» jumlasi orqali xabar berilgan. Bu miqdorning o‘zgarmasligi ekologik muvozanat va shuningdek, hayotning davomiyligi uchun juda muhim.
|
Yomg‘irning o‘lchovli miqdorda yog‘dirilishi ilmiy izlanishlar natijasida kashf qilindi: bir soniyada Yer yuzasidan taxminan 16 million tonna suv bug‘ bo‘lib havoga ko‘tarilishi hisoblab chiqilgan. Bu miqdor yil hisobiga ko‘paytirilsa, 513 trillion tonnani tashkil etadi. Bu raqam bir yilda Yerga yog‘iladigan yomg‘irning miqdoriga tengdir. Demak, «miqdor»iga ko‘ra suv muvozanatli bir tartibda to‘xtovsiz aylanib turadi. Hattoki dunyodagi barcha texnikalar mana shu vazifani bajarishga tayinlanganida ham, bu tartibni sun'iy tarzda o‘ziday qilib takrorlay olmas edi.
Bu muvozanatdan hatto arzimagan miqdorda chalg‘ish ham tezda katta ekologik nomutanosibliklarni keltirib chiqarar va bu, o‘z navbatida, Yer yuzidagi hayotning tugashiga olib kelar edi. Lekin bu baxtimizga sodir bo‘lmaydi va yomg‘ir, xuddi Qur'onda vahiy qilinganidek, aniq o‘lchov bilan yog‘ishni davom ettiraveradi.
Yomg‘irning nisbati nafaqat uning miqdoriga, balki yog‘ayotgan yomg‘ir tomchilarining tezligiga ham tegishli emas. Yomg‘ir tomchilarining tezligi, ularning o‘lchami qanday bo‘lishidan qat'i nazar, ma'lum bir chegaradan oshmaydi.
1905 yilda Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan nemis fizigi Filipp Lenard tomchi diametri 4,5 mm (0,18 dyuym) dan kichik bo‘lgan holatlarda yog‘ish tezligining oshganini aniqladi. Biroq yog‘ish tezligi bundan kattaroq tomchilar uchun bir soniyada 8 metr (26 fut/soniya) dan oshmadi. U buni tomchi o‘lchami kattalashgani sari, havo oqimi ta'sirida, tomchi shaklining o‘zgarishiga yo‘ydi. Shakldagi bunday o‘zgarish tomchining havoga nisbatan qarshiligini ko‘paytirdi va uning yog‘ish tezligini sekinlashtirdi.
Ko‘rib turganimizdek, Qur'on bizning e'tiborimizni 1400 yil ilgari bilib olish mumkin bo‘lmagan yomg‘irdagi ko‘z ilg‘amas moslashuvga ham jalb kilayotgan bo‘lishi mumkin.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.