background
logotype
image1 image2 image3

Mo’jizaviy temir

Temir moddasi Qur'onda katta e'tibor berilgan elementlardan biridir. «Hadid» surasi temir haqida bizga shunday xabar beradi:

Yana, Biz temirni tushirdik. Unda quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir ... («Hadid» surasi, 25-oyat)

Oyatda «Biz tushirdik» deb tarjima qilingan va temir uchun ishlatilgan «anzataa» so‘zi temirning odamlarga foyda keltirishi uchun berilganligini tushuntiruvchi majoziy ma'noga ega deb hisoblash mumkin. Biroq so‘zning adabiy ma'nosini, ya'ni yomg‘ir va Quyosh nurlari holatida «osmondan jismonan tushirilgan» ligini e'tiborga oladigan bo‘lsak, biz bu oyatning juda ahamiyatli bir ilmiy mo‘jizaga ishora qilayotganligini tushunib yetamiz. Chunki zamonaviy astronomik kashfiyotlar bizning dunyoimizda mavjud bo‘lgan temir tashqi kosmosdagi ulkan yulduzlardan kelganligini aniqlab berdi.39

Nafaqat Yerdagi, balki butun Quyosh sistemasidagi temir ham tashqi kosmosdan kelgan, chunki Quyoshdagi temperatura temirning shakllanishi uchun yetarli emas. Quyosh yuzasi temperaturasi 6000 daraja Selsiy (11000°Farangeyt), yadrosi temperaturasi esa tax-minan 20 million daraja (36 million daraja Farangeyt) ga yetadi. Temir faqatgina Quyoshdan ancha katta bo‘lgan, temperaturasi bir necha yuz million darajaga yetuvchi yulduzlarda hosil bo‘lishi mumkin. Yulduzlardagi temir miqdori ma'lum bir darajadan oshgach, yulduz uni uzoq vaqt o‘zida saqlab tura olmaydi va natijada portlaydi va bu «yangi yulduz» yoki «o‘ta yangi yulduz» deb nom olgan. Bu portlashlar temirning kosmosga chiqib ketishiga imkon yaratadi.40

Ilmiy manbalardan biri bu mavzu yuzasidan quyidagicha ma'lumot beradi:

Ilgari o‘ta yangi yulduz portlashlari bo‘lganliga to‘g‘risida ham dalillar bor: chuqur dengiz cho‘kmalarida uchraydigan temir-60 ning kuchli darajalari taxminan 5 million yil ilgari Quyoshning 90 yorug‘lik yili ichida sodir bo‘lgan o‘ga yangi yulduz portlashlaridan darak beradi, deb sharhlanmokda. Temir-60 kattao‘gayanga yulduzlardagi portlashlarda hosil bo‘lgan temirning radioaktiv izotopi bo‘lib, u o‘z umrining yarmi bo‘jan 1,5 million yilda kuchsizlanadi. Geologak qatlamda yuqori darajali bu izotopning mavjudligi kosmosdagi yaqin joyda elementlarning yaqinda sodir bo‘lgan nukleosintezidan va keyin ularning Yerga (balki chang zarralarining bir qismi sifatida) tashilganidan darakberadi.41

Bularning hammasi, xuddi oyatda «tushirdik» deb xabar berilganidek, temirning Yerda paydo bo‘lmaganini, balki o‘ta yangi yulduzlardan tashib keltirilganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Qur'on nozil bo‘lgan VII asrda bu haqiqatni bilib olishning imkoni yo‘q edi. Shunga qaramay, bu haqiqat Qur'onda - hamma narsani O'zining cheksiz bilimida jamlagan Allohning kalomida o‘z aksini topgan.


«Hadid» surasi Qur’onda 57-bo‘lib hisoblanadi. Arabchadagi «al-Hadid» so‘zining yolg‘iz o‘zvdagi sonli qiymat 26 ga teng. Yuqoridagi davriy jadvaldan ko‘rinib turibdiki, temir atomlarining soni 26 ta. «Hadid» surasida vahiy qilingan oyat bilan Qodir Alloh temirning qanday paydo bo‘lganiga ishora qilmoqda va oyatdagi matematik kod bilan U bizga ilmiy bir mo‘jizadan xabar bermoqda. 

Astronomiya fani, shuningdek, boshqa elementlarning ham Yerdan tashqarida paydo bo‘lganini kashf qildi. Oyatning «Yana, Biz temirni tushirdik» jumlasidagi «yana» so‘zi mana shu fikrni nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu oyatning aynan temirni eslatayotgani, XX asrning oxirida qilingan bu kashfiyotlarni hisobga olganda, juda hayratlanarlidir. Mashhur mikrobiolog Maykl Denton o‘zining Nature's Destiny (Tabiatning taqdiri) kitobida temirning ahamiyatiga shunday urg‘u beradi:

Barcha metallar ichida temirdan o‘zga hayog uchun muhimroq bo‘lgan metall yo‘q. Yulduzning markazida jamlangan temir uning portlashi va shundan so‘ng hayot uchun zarur atomlarning kosmos bo‘ylab tarqalib ketishini yuzaga keltiradi. Tortishish kuchi temir atomlarini dastlabki Yer markaziga qarab tortgan va bu Yerning boshlang‘ich kimyoviy differentsiatsiyasiga, dastlabki atmosferaning gazlanishiga, pirovardida gidrosferaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan issiqlikni keltirib chiqargan. Yerning markazidagi ulkan dinamo-mashinadek faoliyatda bo‘lgan erigan temir Yerning shunday magnit maydonini hosil qiladiki, u o‘z navbatida, Van Allen radiatsiya belbog‘larini yaratadi. Bu belbog‘lar Yerning yuzasini yuqori energiyali o‘tkir kosmik radiatsiyalardan himoya qiladi va ahamiyati katga bo‘lgan ozon qatlamini kosmik nurlarning vayrongarchiligidan asraydi ... Temir atomisiz kosmosda uglerodga asoslangan hayot bo‘lmas edi; na o‘ta yangi yulduzlar, na dastlabki yerning isishi, na atmosfera yoki gidrosfera bo‘lar edi. Va na himoyachi magnit maydoni, na Van Allen radiatsiya belbog‘lari, na ozon qatlami, na (inson qonida) gemoglobin hosil qiluvchi temir, na kislorodning reaktivligini ushlab turuvchi metall, na oksidlovchi metabolizm (moddalar almashinuvi) bo‘lar edi. Hayot va temir o‘rtasidagi, qonning qizil rangi va uzoq masofalardagi yulduzlarning tusi orasidagi qiziq hamda yaqin bog‘liqlik nafaqat metallarning biologiyaga, balki kosmosning biomarkazlashganligiga ham aloqadorligidan darak beradi ...42

Bu hisobot temir atomining qanchalik ahamiyatliligini yaqdol ko‘rsatadi. Qur'onda temirga nisbatan alohida e'tibor qaratilganligi bu elementning ahamiyatli ekaniga ham urg‘u beradi. Bundan tashqari, Qur'onda boshqa bir yashirin haqiqat ham borki, u ham temirning ahamiyatli ekanligiga diqqatni jalb etadi: temir xususida to‘xtab o‘tilgan Hadid surasining 25-oyati boshqa bir juda qiziq matematik kodlarni o‘z ichiga oladi.

«Hadid» Qur'ondagi 57-sura hisoblanadi. Arabchadagi «al-Hadid» so‘zining abjadi, undagi harflarning sonli qiymatlari qo‘shib hisoblanganda, 57 natijani hosil qiladi. (Abjad hisoblari uchun to‘rtinchi kitobdagi «Qur'onda raqamli hisoblar (Abjad)» bo‘limiga qarang.)

Yolg‘iz «Hadid» so‘zining sonli qiymati 26 dir. Bu 26 raqami temirdagi atomlar soni hamdir.

Bundan tashqari, temir oksidi zarralari keyingi oylarda saraton kasalligini davolash uchun ishlatib ko‘rildi va ijobiy natijalar kuzatildi. Germaniyadagi jahonga mashhur Charite kasalxonasida Doktor Andres Jordan boshchiligidagi ilmiy guruh saratonni davolash uchun ishlab chikilgan bu yangi uslub - magnitli gipertermiya suyukligi (yuqori temperaturali magnitik suyuqlik) bilan saraton hujayralarini o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi. 26 yoshli H. Nikolasda sinab ko‘rilgan bu uslub natijasida keyingi uch oy mobaynida bemorda yangi saraton hujayralarining paydo bo‘lishi kuzatilmadi.

Davolashning bu uslubi quyidagicha umumlashtirilishi mumkin:

1. Temir oksidi zarralarini o‘z ichiga oluvchi suyuqlik maxsus shprits yordamida o‘simtaga sanchiladi. Bu zarralar o‘simta hujayralari bo‘ylab tarqaladi. Bu 1 sm3li suyuqlik qizil qon tanachalariga qaraganda 1000 barobar kichik yuz millionlab temir oksidi zarralaridan iborat bo‘lib, u barcha qon tomirlari orqali osonlik bilan oqib o‘tishi mumkin.43

 2. So‘ngra bemor kuchli magnit maydonli mashinaga solinadi.

3. Tashqi tomondan qo‘llaniladigan magnit maydon o‘simta ichidagi temir zarralarini harakatga keltirishni boshlaydi. Mana shu payt mobaynida temir oksidi zarralarini o‘z ichiga olgan o‘simta tarkibidagi temperatura 45 daraja Selsiy (113'F) gacha ko‘tariladi.

4. Bir necha daqiqadan so‘ng issiqliqdan o‘zlarini himoya qila olmay qolgan saraton hujayralari yoki kuchsizlanib qoladi yoki o‘ladi. So‘ngra o‘simtaga undan keyingi kimyoterapiya bilan to‘liq barham berilishi mumkin.44

Bunday davolashda faqatgina o‘simta hujayralariga magnit maydon tomonidan salbiy ta'sir ko‘rsatiladi, chunki faqatgina ular temir oksidi zarralarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Bu usulning tarqalishi bunday xavfli kasallikni davolashda qo‘lga kiritilgan yuksak yutuq demakdir. Saraton kabi keng tarqalgan bunday kasalliklarni davolashda Qur'ondagi «...Unda quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir»(«Hadid» surasi, 25-oyat) degan so‘zlardan foydalanish, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Rostdan-da, Qur'on temirning inson salomatligi uchun ko‘p foydalar keltirishini nazarda tutayotgandir. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

__________
39. Kazi, 130 Evident Miracles in the Qur’an (Qur’onning 130 yaqqol mo‘‘jizasi), 110-111; ra  www.wamy.co.uk/announcements3.html, Prof. Zig‘loul Rag‘ib El-Naggarning nutqidan. 
40. Yuqoridagi manbadan. 
41. Prisilla Frish, «The Galactic Environment of the Sun» (Kuyoshning galaktik muxdti), American Scientist, yanvar-fevral, 2000;  www.americanscientist.org/template/AssetDetail/assetid/21173?fulltext=true
42. Maykl J. Dengon, Nature’s Destiny (Tabiatning taqdiri), (Erkin matbuot: 1998), 198. 
43. «Highlights» (Eng qiziq joylar);  www.inm-gmbh.de/cgi-bin/frame/frameloader.pl?sprache=en&url=http://www.inm-gmbh.de/htdocs/technologien/highlights/highlights_en.htm
44. «Nanotechnology successfully helps cancer therapies,» IIC Fast Track, Nanotech News from Eastern Germany, Industrial Investment Council («Saratonni davolashda nanotexnologiya katta yordam beradi,» IIC Tezkor liniya, Sharqiy Germaniyadan nanotexnologiya yangiliklari, Sanoat Investitsiyasi Kengashi), oktyabr, 2003;  www.iic.de/uploads/media/NANO_FT_Nov2003_01.pdf


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.