Issiq tutundan yaralish
Bugungi kunda olimlar yulduzlarning issiq gaz bulutlardan paydo bo‘lishini kuzata oldilar. Gazning issiq massasidan yaralish hodisasi koinotning yaratilishiga ham taalluqlidir. Qur'onda tasvirlanganidek, koinotning yaratilishi, bu ilmiy kashfiyotni quyidagi oyatda tasdiqlaydi:
U (Yerning) ustida to‘la to‘rt kunda tog‘larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha (er)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot Yeru osmonlar haqida) so‘rovchilarga mosdir. So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: «(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelingiz!» - degan edi, ular: «O'z ixtiyorimiz bilan keldik», - dedilar. («Fussilat» surasi, 10-11-oyatlar)
Bu yerda «osmon» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «samaa» butun koinotga nisbatan ishlatilgan.«Tutun» deb tarjima qilingan «duxaanun» so‘zi esa koinotning o‘z shaklini olishidan oldingi materiya, ya'ni koinotning yaratilishi davomida mavjud bo‘lgan issiq, kosmik tutunni tasvirlaydi va bu hozirgi kun olimlari tomonidan o‘z tasdig‘ini topgan.5 Qur'ondagi bu so‘z, shu tutunning issiq jismli gaz ekanligini va uning qattiq moddaga bog‘langan harakatlanuvchan zarralarni o‘z ichiga olishini ma'no jihatdan aniq ifodalaydi. Bu yerda koinot paydo bo‘lishining mana shu bosqichini tasvirlab berish uchun Qur'on arab tilidagi eng maqbul, mos so‘zni qabul qilgan. Olimlar koinotning tutun shaklidagi issiq gazdan paydo bo‘lganligini faqatgina XX asrga kelib kashf qilganligini qayd qilib o‘taylik.
Bundan tashqari, «So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib» jumlasidagi «so‘ngra» deb tarjima qilingan «summa» so‘zi «shu asnoda, bundan tashqari, shuningdek, qo‘shimcha ravishda (tarzda), yana, tag‘in, yana bir bor» kabi ma'nolarni ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda «summa» so‘zi vaqt ifodasi sifatida emas, balki qo‘shimcha tushuntirish sifatida ishlatilgan.6
Koinotning yaratilishi haqida Qur'onda bunday ma'lumotning berilganligi, Qur'on mo‘jizakorligining shubhasiz dalilidir.
_______________
5. Mahdi La’li, A Comprehensive Exploration of the Scientific Miracles in Holy Qur’an (Muqaddas Qur’ondagi ilmiy mo‘‘jizalarni har tomonlama o‘rganish), (Kanada: Trafford Publishing: 2003), 35-38.
6. Abu A’la Maududi, «Tafhimul Quran»; www.enfal.de/tefhim/
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.