background
logotype
image1 image2 image3

Isroil qavmining kibrga berilishi

 Shuningdek, Biz Isroil avlodiga Kitobda: «Sizlar, albatta, zaminda ikki marta buzg‘unchilik qilursiz va katta tug‘yonga (isyonga) ketursiz», - deb xabar berdik. Bas, qachonki, u (buzg‘unchilik)lardan avvalgisining belgilangan vaqti kelganida, sizlarning ustingizga (jazolash uchun) kuch-quvvatga ega bo‘lgan bandalarimizni yubordik. Ular hovlima-hovli kezdilar. (Bu va'da) ado etiluvchi va'da edi. Sungra (tavba qilganlaringizdan keyin) ularning (Bobil hukmdorining) ustidan g‘alabani sizlarga qaytardik va sizlarga mol-dunyo va farzandlar bilan madad berib, adadingizni ko‘paytirdik. («Isro» surasi, 4-6-oyatlar)

Bu oyatlarda ta'kidlanishicha, Isroil farzandlari dunyoda ikki marta buzg‘unchilik qilishlari kerak edi. Birinchisidan so‘ng, ya'ni ular o‘ta darajada kibrlanib ketgan paytda, Alloh ularga qarshi qudratli lashkarlarni yo‘llaydi. Rostdan ham, yahudiylar Yahyo Payg‘ambar (a.s.)ni o‘ldirishgandan va benihoya kibrlanib, Iso Payg‘ambar (a.s.)ni o‘ldirish uchun tuzoq qo‘yishgandan so‘ng tez orada, 70-yilda rimliklar tomonidan Kuddusdan quvg‘in qilinadilar va shu tariqa butun dunyoga tarqalib ketadilar.

Bu oyat Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga nozil qilingan paytda, yahudiylar turli mamlakatlarda juda og‘ir sharoitlar ostida kun kechirishar va o‘zlarining makoniga ega emas edilar. Biroq Alloh Isroil farzandlariga bir kun kelib o‘z kuchlarini tiklab olajaklarini zikr etgan edi.

O'sha paytlarda bu haqiqatning rostdan ham ro‘yobga chiqishi amri maholdek bo‘lib tuyular edi. Lekin bir necha asrlardan so‘ng yahudiylar Falastinga qaytdilar va 1948 yilda Isroil davlatini tashkil qildilar. Keyinchalik Isroilda yashayotgan ba'zi irqchi sionistlarning munosabatlari O'rta Sharqda tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Bunday munosabatlar hamon terroristik harakatlarni keltiribchiqarmoqda.

Hozirgi ahvol Isroil farzandlarining ikkinchi «buzg‘un-chiligi»dan alomatdir. Biroq bunday yovuz xulqlilik barcha yahudiylarga tegishli emasligini yodda tutmog‘imiz darkor, chunki ko‘pchilik yahudiylar bunday xulqni yoqlamaydigan, vijdoni pok va hayotiy tajribaga ega shaxslardir. Ayrim irqchi va radikal sionistlar Parvardigorimiz tomonidan amr etilganidek, «afvni (qabul qilib) olish» («A'rof» surasi, 199-oyat) lari kerak. Agar ular shunday yo‘l tutsalar, Allohning irodasi bilan tinchlik muhiti va birodarlik aloqalari yana qaror topadi. Qur'oni Karim bu haqda shunday xabar beradi:

Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas. Siz (yomonlikni) go‘zalroq (muomala) bilan daf eting! (Shunda) birdan siz bilan o‘rtalaringizda adovat bo‘lgan kimsa qaynoq (qalin) do‘stdek bo‘lib qolur. («Fussilat» surasi, 34-oyat)

«Isro» surasining mazkur oyatlarida aytilgan bu voqealarning yuz berishiga deyarli hech kim ishona olmas edi. BiroqAllohularning ado etilishini iroda etdi va shu yo‘sinda mo‘minlar uchun O'zi nozil qilgan Qur'onning mo‘‘jizaviy kitob ekanligiga yanada ko‘proq dalillar keltirdi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.