background
logotype
image1 image2 image3

Insonlarning suvdan yaratilishi

Alloh barcha jonivorni suvdan yaratdi. Ulardan qorni bilan (sudralib) yuradiganlari ham, ikki oyoqda yuradiganlari ham, to‘rt (oyoq)da yuradiganlari ham bordir. Alloh o‘zi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir! («Nur» surasi, 45-oyat)

Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) kilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?! («Anbiyo» surasi, 30-oyat)

U suvdan insonni yaratib, so‘ng uni (nasl) nasabli va quda-anda qilib qo‘ygan zotdir. Darhaqiqat, Rabbingiz (har ishga) qodirdir. («Furqon» surasi, 54-oyat)

Biz inson va jonzotlarning yaratilishiga oid oyatlarga nazar tashlaganimizda mo‘jizadan darak beruvchi dalillarni yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bunday mo‘jizalardan biri jonzotlarning suvdan yaratilganligidir. Bu oyatlarda aniq ifoda etilgan bunday ma'lumotlarga odamlar faqatgina bir necha yuz yillardan so‘ng, mikroskopning ixtiro qilinishi bilan erishishga muvaffaq bo‘ldilar.

«Suv organik moddaning asosiy tarkibiy qismidir. Tirik jonzotlar og‘irligining 50-90% i suvdan iborat,» degan yozuvlar muntazam ravishda entsiklopediyalarda qayd etiladi. Bundan tashqari, biologiya kitoblarida odatdagi hayvon hujayrasi tsitoplazmasi (asosiy hujayra materiali) ning 80% i suv ekanligi qayd etilgan. Sitoplazmaning tahlili, Qur'on nozil qilingach, yuzlab yillardan so‘ng darsliklarda paydo bo‘ldi. Shuning uchun ham, endilikda ilmiy jamiyat tomonidan tasdiqlangan bu haqiqat Qur'on vahiy qilingan paytda ma'lum bo‘lishi mumkin emas edi. Shunday bo‘lsa-da, uning kashf qili-nishidan 1400 yil ilgari Qur'onda unga e'tibor qaratilgan edi.

Har qanday hayot shakllari tirik qolishi uchun suvga muhtoj. Quruq hududlardagi jonivorlar, shuning uchun ham, shunday mexanizmlar bilan yaratilganki, bu mexanizmlar ularning metabolizmlarini (moddalar almashinuvlarini) suv yo‘qotishdan asraydi va suvdan maksimum foydalanishga imkon yaratadi. Agar suv tanadagi har qanday sabab uchun yo‘qotilaversa va bu yo‘qolish o‘z me'yorida bo‘lmasa, bir necha kun ichida o‘limning sodir bo‘lishi muqarrar. XVII asrning mashhur olimi Jan Baptista van Helmont 1640 yilda tuproqdagi suv o‘simlik rivojlanishidagi eng muhim element ekanligini kashf qilgan edi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.