background
logotype
image1 image2 image3

Inson tana a’zolarining rivojlanish ketma-ketligi

U(Alloh) sizlarga quloq(lar)ni, flarni va dillarni paydo qilgan zotdir. (Sizlar bunga) juda kam shukr qilursizlar. («Mu'minun» surasi, 78-oyat)

Alloh sizlarni onalaringaz qorinlaridan biror narsani bilmaydigan holingizda chiqardi va shukr qilishingiz unun sizlarga quloq, ko‘zlar va qalblarni berdi. («Nahl» surasi, 78-oyat)

Ayting: «(O'ylab) kurdingizmi, bordi-yu, Alloh quloq va ko‘zlaringizni olib qo‘ysa va dillaringizni muhrlab qo‘ysa, Allohdan boshqa ularni (qayta joyiga) keltiradigan iloh kim ekan?» ... («An'om» surasi, 46-oyat)

Darhaqiqat, Biz insonni imtihon qilib, aralash bir nutfadan yaratdik. Bas, uni eshituvchi va ko‘ruvchi qilib qo‘ydik. («Inson» surasi, 2-oyat)

Yuqoridagi oyatlar insonga Alloh ato etgan bir nechta sezgilar haqidadir. Bular Qur'onda har doim ma'lum bir tartib bilan qayd etilgan: eshitish, ko‘rish, sezish va tushunish.

Islom tibbiy assotsiatsiyasi jurnalida chop etilgan maqolada Doktor Keys Mur homilaning rivojlanishi davomida ichki quloq o‘zining birinchi shakliga kirgandan so‘ng ko‘z hosil bo‘la boshlashi haqvda ma'lum qiladi. Uning aytishicha, miya, sezgi markazi va tushunish o‘zining rivojlanishini quloq va ko‘zdan keyin boshlaydi»

Homilaning quloqlari homiladorlikning yigirma ikkinchi kunidan rivojlanishni boshlaydi va to‘rtinchi oyga kelib to‘liq funktsional tus oladi. Shundan so‘ng, homila onasining bachadonida tovushlarni eshitishi mumkin. Shu sababdan, eshitish sezgisi yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun muhim bo‘lgan boshqa funktsiyalardan oldin shakllanadi. Mana shu nuqtai nazardan Qur'onda belgilab qo‘yilgan mazkur tartib kishini ajablantiradi. (Qarang: Horun Yahyo. Inson yaratilishi mo‘jizasi. Yangi Dehli, 2003)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.