background
logotype
image1 image2 image3

Genlardagi programmalashtirish

(Alloh) uni qaysi narsadan yaratdi o‘zi?! (Bir haqir) nutfadan yaratib, keyin uni belgilab qo‘ydi. So‘ngra unga yo‘lni oson qildi. («Abasa» surasi, 18-20-oyatlar)

Yuqoridagi oyatda «belgilab qo‘ydi» deb tarjima qilingan «qoddaro» so‘zi arabchadagi «qodaro» fe'lidan kelib chiqadi. U «reja tuzish, ko‘zda tutish, rejalashtirish, dasturlash, kelajakni ko‘rish, hamma narsani taqdirga yozish (Alloh tomonidan)» deb tarjima qilinadi.

Otaning spermasi onaning tuxumini urug‘lantirgach, ota-onaning genlari birlashib, bolaning barcha jismoniy xususiyatlarini belgilaydi. Bu minglab genlarning har birida o‘ziga xos funktsiya mavjud. Shu genlar ko‘zlar va sochning rangini, bo‘y-bast, yuz qismlari, skelet shakli, ichki a'zolardagi sanoqsiz jihatlarni, miya, asab va mushaklarni belgilab beradi. Barcha jismoniy xususiyatlarga qo‘shimcha ravishda, hujayralar va tanada sodir bo‘ladigan minglab turli jarayonlar, shuningdek, butun tizimning nazorati ham bu genlarda belgilab qo‘yiladi. Misol uchun, biror shaxsning qon bosimi umuman olganda baland, past yoki normal bo‘lishi yoki bo‘lmasligi uning genlaridagi axborotga bog‘liq.

Sperma va tuxum qo‘shilganda yuzaga keladigan birinchi hujayra DNK molekulasining birinchi nusxasini yuzaga keltiradi. Bu molekula inson tanasining har bir hujayrasida, toki inson hayoti nihoyaga yetguncha, kod olib yuradi. DNK ahamiyatli o‘lchamdagi molekuladir. U hujayra yadrosining ichida ehtiyotkorlik bilan himoya qilingan va bu molekula yuqorida aytib o‘tganimizdek, genlarni o‘z ichiga olganligi tufayli, inson tanasining axborot banki hisoblanadi. Birinchi urug‘langan tuxum hujayrasi bo‘linib, DNKda yozib qo‘yilgan dasturga muvofiq ko‘payadi va natijada to‘qimalar va a'zolar shakllana boshlaydi. Bu insonning boshlanishidir. Ushbu murakkab jarayonning o‘zaro muvofiqligi DNK molekulasi tomonidan ta'minlanadi. Mazkur molekula uglerod, fosfor, azot, vodorod va kislorod kabi atomlardan tashkil topadi.


DNK molekulasi turli ketma-ketlikda birin-ketin keluvchi 4 ta turli nukleotidlardan tashkil topadi. Bu molekulalarning ketma-ketligi jonzotlar tomonidan ishlatiladigan barcha oqsillarning strukturasiga taalluqli axborotlarni belgilab beradi. Oqsillar ko‘plab hujayra faoliyatlarini amalga oshirish uchun bu axborotlardan yo yolg‘iz yoki murakkab shakllarda foydalanadi.

DNKda yozilgan axborotlar sig‘imi olimlarni hayratda qoldiradigan hajmdadir. Insonning bitta DNK molekulasidagi axborot million sahifali yoki 1000 jildli entsiklopediyani to‘ldirishga yetarli. Boshqacha qilib aytganda, hujayraning yadrosi bir million sahifali entsiklopediyaga teng axborotni o‘z ichiga oladi. U inson tanasining barcha funktsiyalarini nazorat qiladi. Yana taqqoslaydigan bo‘lsak, dunyodagi eng katta entsiklopediyalardan biri bo‘lgan Britaniya entsiklopediyasi 25000 sahifadan iborat. Shunday bo‘lsa-da, hujayradan ancha kichik bo‘lgan hujayra yadrosining yagona molekulasi dunyoning eng katta entsiklopediyalariga qaraganda 40 marta kattaroq bo‘lgan axborotlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bu biz hozirgina tilga olgan 1000 jildlik entsiklopediya Yer yuzida mavjud emas, degan ma'noni anglatadi. Bu bizning ichimizdagi shundayin dizayn va yaratilganlik mo‘jizasidirki, unga evolyutsionerlar va materialistlar javobtopaolmaydilar.

DNKning strukturasiga 1953 yilda Frantsis Krik tomonidan aniqlik kiritilganligini nazarda tutsak, «genetik rejalashtirish» degan tushunchaning Qur'onda, oldinroqqayd etganimizdek, insoniyatning bilimi juda cheklangan bir paytda ta'kidlab o‘tilishi chindan ham hayratlanarlidir. Genetiklar XIX asrning oxirigacha munozara qila olmasdilar va bu ajoyib dalillar yana Qur'on Allohning inoyati ekaniga isbotdir. (Qarang: Horun Yahyo. DNKda yaratilish mo‘jizasi. Goodword Books, Yangi Dehli, 2002)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.