background
logotype
image1 image2 image3

Gala bo’lib harakatlanadigan chigirtkalar

Ular ko‘zlari (qo‘rquvdan) quyiga boqqan hollarida, go‘yo to‘zigan chigirtkalar kabiqabrlaridan chiqib kelurlar. («Qamar» surasi, 7-oyat)

Bu oyat Oxiratda barcha odamlarning holatini yopirilib kelayotgan chigirtkalarga o‘xshatib tasvirlaydi. Bunday qiyoslash zamirida buyuk hikmat yotadi.

XX asrda mikrokameralardan foydalanib o‘tkazilgan keng qamrovli izlanishlar orqali chigirtkalar haqida juda ko‘p ma'lumotlar olishga muvaffaq bo‘lindi. Chigirtka galalari bir tanu bir jon bo‘lib harakat qiladigan ulkan sonli alohida chigirtkalardan tashkil topadi. Kilometrlab uzunlik va kengliqda g‘uj-g‘uj bo‘lib birlashganda, ular xuddi qora bulutga o‘xshab ketadi. Aniqlanishicha, sahro chigirtkalarining bitta galasi 1200 kvadrat kilometr (460 kvadrat milya) maydonni egallaydi hamda har bir kvadrat kilometrda 40-80 milliongacha chigirtkalarni o‘z ichiga oladi.170

 Bundan tashqari, ular qumloq tuproqlarda xuddi urug‘ qadagandek tuxum qo‘yib ketadilar va lichinkalar yer ostida uzoq muddat qolgandan so‘ng, ularning barchasi birgalikda paydo bo‘ladi. Yer ostida 10-15 sm (4-6 dyuym) uzunlikdagi tunnel kovlagandan so‘ng, urg‘ochi chigirtka bir paytning o‘zida 95-158 tagacha urug‘ qo‘yadi: urg‘ochi chigirtka o‘z hayot davrida kamida uch marta urug‘ qo‘yadi. Lichinkalar havo temperaturasiga qarab 10-65 kundan so‘ng yetilgach, ular katta guruh bo‘lib yer yuziga chiqadilar. Bir kvadrat metrda 1000 tagacha tuxum po‘choqlari topilgan. Har bir kvadrat kilometrda 40-80 milliontagacha voyaga yetgan chigirtkalarni o‘z ichiga olgan galalar bir necha yuz kvadrat kilometr maydonni qoplab olishga qodir.171 Ularning uzoq muddat davomida yer ostida yashashi va bir paytning o‘zida juda ko‘p miqdorda yer yuziga chiqishi Hukm o‘qiladigan Kunda insonlarning qayta tirilishiga o‘xshatilishi tabiiy. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Bugungi kunda, masofadan turib tasvirga olish tizimiga ega maxsus jihozlar orqali chigirtkalarning harakati o‘rganilmoqda. Hattoki NASA sun'iy yo‘ldoshi uzatgan ma'lumotlardan Afrika sahrolaridagi chigirtka galalari rivojlanadigan hududlarni aniqlash uchun foydalanilmoqda. Sun'iy yo‘ldosh ma'lumotlari yordami bilan 18 million kvadrat kilometrdan ko‘proq maydondagi yer va havoda keng qamrovli tadqiqotlar olib borilishi mumkin.

Guvohi bo‘lib turganimizdek, mazkur texnologiyalar mavjud bo‘lmagan davrda Qur'onda zikr etilgan bunday qiyoslanish Qur'on hamma narsani bilguvchi Allohning vahiysi ekanligini yana bir bor isbotlovchi dalildir.

__________
170. «The Reach of the Desert Locust» (Sahro chigirtkasi bosib o‘tadigan masofa); http://earthob-servatory.nasa.gov/Study/Locusts/locusts2.html
171. Tez-tez so‘rab turiladigan savollar, sahro chigirtkasi haqida ma’lumot berish xizmati;  www.fao.org/NEWS/GLOBAL/LOCUSTS/LOCFAQ.htm#q5


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.