background
logotype
image1 image2 image3

Fir’avn jasadining saqlanishi

Fir'avn o‘zini iloh deb hisoblar edi (bu haqda keyinroq yana so‘z yuritamiz) va Muso Payg‘ambar (a.s.)ning «Allohga imon keltir», deb qilgan murojaatlariga u do‘q-po‘pisa bilan javob qaytarar edi. Fir'avnning bunday kekkaygan muomalasi u suvga cho‘kayotib, o‘lim bilan yuzma-yuz bo‘lguncha davom etdi. Qur'onda ta'kidlanishicha, Fir'avn Allohning jazosi bilan to‘qnash kelgan zahoti imon keltiradi:

Isroil avlodini dengizdan o‘tkazdik. Fir'avn va uning lashkarlari ular ortidan zo‘ravonlik va zulm yuzasidan ergashdilar. Unga (Fir'avnga) g‘arqbo‘lish (soati) yetishganda aytdi: «Imon keltirdimki, Isroil avlodi imon keltirgan Zotdan o‘zga iloh yo‘qdir. Men ham musulmonlardanman.» («Yunus» surasi, 90-oyat)

Biroq samimiy bo‘lmaganligi bois, uning bunday imonga kelishi inobatga olinmadi. Alloh bu haqda shunday xitob qiladi:

(Alloh dedi): «Endimi?! Axir, sen ilgari itoatsizlik qilganding va buzg‘unchilardan eding-ku!Mana bugun sendan keyingilarga belgi (ibrat) bo‘lishing uchun jasadingni qutqarurmiz.Haqiqatan, odamlarning aksariyati oyatlarimizdan gofildirlar.» («Yunus» surasi, 91-92-oyatlar)

Fir'avnning jasadi keyingi avlod uchun ibrat bo‘lishi to‘g‘risidagi ma'lumot uning jasadi chirimasligini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Qohiradagi Misr muzeyida oliy tabaqa vakillarining mo‘miyolangan tanalari saklanadigan xonada ko‘rgazma qilib qo‘yilgan mo‘miyolangan jasad mana shu zolimga tegishli, debhisoblanmoqda.Suvga g‘arq bo‘lgandan so‘ng Fir'avnning jasadi qirg‘oqqa qalqib chiqqan va misrliklar tomonidan topilib, mo‘miyolangan, shu tariqa, oldindan tayyorlab qo‘yilgan dafn qilish daxmasiga keltirilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.195

__________
195. «Archaeology» (Arxeologiya);  www.angelfire.com/az/miracles/Archaeology.html


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.