background
logotype
image1 image2 image3

Ertalab fotosintez jarayoni qanday boshlanadi?

(Qasamyod eturman) o‘z zulmati bilan kelib-ketayotgan tunga va nafas olayotgan tong bilanki, ... («Takvir» surasi, 17-18-oyatlar)

Fotosintez jarayonida o‘simliklar insonlar iste'mol qila olmaydigan zararli gaz, karbonat angidridni havodan yutadi va buning o‘rniga kislorod chiqaradi. Biz nafas oladigan va asosiy hayot manbaimiz bo‘lgan kislorod fotosintezning bosh mahsulidir. Atmosferadagi 30% gacha bo‘lgan kislorod quruqlikdagi o‘simliklar, qolgan 70% i esa dengiz va okeanlardagi o‘simliklar hamda bir hujayrali jonzotlar tomonidan yetishtiriladi.


Fotosintez - bu o‘simliklar va ba’zida bakteriya hamda bir hujayrali jonzot shakllari tomonidan Quyosh nurlarining karbonat angidrid va suvdan qand (karbogidrad) ishlab chiqarish maqsadida ishlatilishidir. Bu reaktsiya natijasida Quyosh nurlaridagi energiya ishlab chiqarilgan qand molekulasi ichida to‘planadi. Ishlatib bo‘lmas quyosh energiyasi ishlatsa bo‘ladigan kimyoviy energiyaga aylanadigan bu jarayon davomida sodir bo‘ladigan reaktsiyani quyidagi formula bilan qisqacha ifodalash mumkin:
6H2O + 6CO2 - FOTOSINTEZ -> S6H12O6 + 6O2
(6 ta suv molekulalari + 6 ta karbonat angidrid molekulalari fotosintez vositasi bilan 1 ta qand molekulasi va 6 ta kislorod molekulalarigaaylanadi.) 

Fotosintez juda murakkab jarayon bo‘lganligi bois, olimlar uni haligacha to‘la-to‘kis tushunib yetishgani yo‘q. Bu jarayonni bevosita ko‘z bilan kuzatib bo‘lmaydi, chunki mexanizmda atomlar va molekulalar ishtirok etadi. Ammo biz fotosintezning nati-jalarini o‘zimiz nafas oladigan kislorod hamda bizni tirik saqlab turuvchi oziq-ovqat mahsulotlarida ko‘rishimiz mumkin. Fotosintez juda chigal kimyoviy formulalar va juda kichik masshtabda hamda eng nozik muvozanatlardan iborat og‘irlik birliklari ishtirok etadigan tizimdir. Bizni o‘rab turgan atrofdagi barcha yashil o‘simliklarda bu jarayonni amalga oshiradigan trillionlab kimyoviy laboratoriyalar ishlab turibdi. Bundan tashqari, o‘simliklar millionlab yillardan buyon, to‘xtovsiz ravishda, bizning kislorodga, oziq-ovqat va energiyaga bo‘lgan talablarimizni qondirib kelmoqda.

Fotosintezning samaradorligi kislorod mahsulotining darajasiga ko‘ra o‘lchanadi. Eng yuqori nuqta ertalab, Quyoshning nurlari eng ko‘p quyuqlashgan paytga to‘g‘ri keladi. Tongda barglar terlay boshlaydi va fotosintez shunga ko‘ra faollashadi. Biroq tushda buning aksi sodir bo‘ladi, ya'ni fotosintez susayadi va nafas olish ko‘payadi, chunki harorat ko‘tarilgan sari nafas olish ham ko‘paya boradi.

Kechqurun, harorat pasayganda, nafas olish susayadi va o‘simliklar dam oladi.

Ertalabki soatlar, boshqacha qilib aytganda «nafas olayotgan»likni nazarda tutayotgan «Takvir» surasidagi «iza tanaffasa» jumlasi nafas olish va chiqarish yoki chuqur nafas olishga metaforik jihatdan ishora qilmoqda. Bu jumla ertalab kislorod ishlab chiqarishning boshlanish usuliga va nafas olish uchun zarur bo‘lgan kislorodning eng ko‘p miqdori mana shu paytda chiqarilishiga alohida urg‘u bermoqda. Bu hodisaning muhimligi Allohning u bilan qasamyod qilishidan ham ko‘rinib turibdi. XX asrning eng muhim kashfiyotlari qatoridan joy olgan fotosintez hodisasining oyatda Alloh tomonidan qayd etilishi Qur'onning ilmiy mo‘jizalaridan yana biridir. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.