background
logotype
image1 image2 image3

Dengizlarning qorong’i tublari va ichki to’lqinlar

Yoki (kofirlarning qilgan amallari) qavatma-qavat to‘lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengiz qa'ridagi zulmatlarga o‘xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo‘lini chiqarib (qarasa) uni ko‘ra olmas. Kimga Alloh nur (imon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo‘kdir. («Nur» surasi, 40-oyat)

Zulmat chuqur dengiz va okeanlarning 200 metr (660 fut) va undan chuqurroq ostlaridan boshlanadi. Bu chuqurlikda deyarli yorug‘lik yo‘q va 1000 metr (3280 fut) chuqurlikdan pastda esa umuman yorug‘lik bo‘lmaydi.65

 Bugungi kunda biz dengizning umuman paydo bo‘lishi, undagi jonzotlarning tabiati, uning sho‘rlik darajasi hamda unda qancha miqdorda suv borligi va uning yuza maydoni hamda chuqurligi to‘g‘risida ma'lumotga egamiz. Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlab chiqilgan dengiz osti kemalari va maxsus jihozlar olimlarga bunday ma'lumotlarni olish imkoniyatini tug‘dirdi.

Inson zoti maxsus jihozlar yordamisiz 70 metr (230 fut) dan ortiq chuqurlikka sho‘ng‘iy olmaydi. Ular okeanlarning zulmat bosgan tubliklarida, masalan, 200 metr (660 fut) chuqurlikda, yordamsiz tirik qola olmaydilar. Mana shuning uchun ham, olimlar faqat yaqindagina dengizlar haqida batafsil ma'lumot olishga erishdilar. Biroq dengizlarning chuqurliklari zulmat ekanligi 1400 yil muqaddam Qur'onda vahiy qilingan edi. Okeanlarning tublariga insonning sho‘ng‘iy olishiga imkon beruvchi jihozlar bo‘lmagan bir paytda bunday ma'lumotning berilishi, shubhasiz Qur'onning mo‘jizalaridan biridir.

Shu bilan birga, «Nur» surasining 40-oyatidagi «... qavatma-qavat to‘lqin va uning


Bugungi kun texnologiyalari yordamida qilingan o‘lchashlar shu narsani aniqlab berdiki, Quyosh yorug‘ligining 3 dan 30 gacha bo‘lgan foizi dengizning yuzasida aks etadi. So‘ngra dastlabki 200 metr (660 fut)da, ko‘k yorug‘likdan tashqari (chap tomondagi rasm) yorug‘lik spektrining deyarli barcha yettita rangi birin-ketin yutiladi. 1000 metr (3280 fut) chuqurliqdan pastda umuman yorug‘lik yo‘q (yuqoridagi rasm). Bu ilmiy dalil 1400 yil ilgari «Nur» surasining 40-oyatida ta’kidlab o‘tilgan edi. 

ustida (qora) bulut qoplab olgan dengiz qa'ridagi zulmatlarga o‘xshaydi ...» degan xabar bizning e'tiborimizni Qur'onning boshqa bir mo‘jizasiga tortadi.

Olimlar faqat yaqindagina «turli zichlik qatlamlari orasidagi zichlik tutashgan joylarda sodir bo‘ladi»gan yuza osti to‘lqinlari mavjudligini aniqlashdi. Bu ichki to‘lqinlar dengiz va okeanlarning chuqurlikdagi suvlarini qoplab turadi, chunki chuqur-likdagi suvlar yuqoridagi suvlarga nisbatan yuqoriroq zichlikda bo‘ladi. Ichki to‘lqinlar yuza to‘lqinlariga o‘xshab harakat qiladi. Ular ham xuddi yuza to‘lqinlariga o‘xshab mavj ura oladi. Ichki to‘lqinlarni inson ko‘zi bilan ilg‘ab bo‘lmaydi, lekin ularni ma'lum bir joydagi harorat yoki sho‘rlik darajasining o‘zgarishini o‘rganish orqali aniqlash mumkin.66

Qur'ondagi ma'lumot yuqorida tushuntirib o‘tilganlar bilan o‘xshashdir. Olimlar yaqin yillar ichida kashf qilgan bu dalil, shubhasiz, yana bir marta Qur'on Allohning kalomi ekanligini isbotlaydi.

__________
65. Danni Elder, and Jon Pernetga, Oceans (Okeanlar), (London: Mitchell Beazley Publishers: 1991), 27. 
66. M. Grant Gross, Oceanography, A View of Earth (Okeanografiya, Yerga nazar), 6-nashr, (Englvud Klifs: Prentice-Hall Inc. : 1993), 205. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.