background
logotype
image1 image2 image3

Atomdan kichik zarralar

Grek faylasufi Demokritning atom nazariyasi taraqqiyoti natijasida odamlar materiyaning atom nomi bilan ma'lum juda mayda, bo‘linmas va buzilmaydigan zarrachalardan iborat deb ishonishar edi. Biroq atomlarni o‘rganish natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bu tushunchani inkor qildi. Hozirgi paytda zamonaviy fan shu narsani aniqladiki, oldinlari eng kichik deb tushunilgan zarra, aslida bo‘linishi mumkin ekan. Bu haqiqat faqat so‘nggi asrda paydo bo‘ldi, lekin u 1400 yil avval Qur'onda vahiy qilingan edi:

...G'aybni biluvchi Rabbimga qasamki, shak-shubhasiz, u (qiyomat) sizlarga kelur! Osmonlar va Yerdagi bir zarra misqolicha, undan ham kichik (yoki) katta biror narsa. Undan maxfiy bo‘lmas va albatta, (u) aniq Kitobda (Lavhul-mahfuzda) mavjuddir. («Saba'» surasi, 3-oyat)

... Yerda, xoh osmonda biror zarra miqdorida yoxud undan kichikroq narsa ham Rabbingizdan chetda qolmaydi, balki (u) aniq bitik (Lavhul-mahfuz)da bordir. («Yunus» surasi, 61-oyat)

Bu oyatlar «atom» va undan kichik zarralarni nazarda tutadi.

Bundan 20 yillar oldingacha eng kichik zarralar atomlarni tashkil etuvchi protonlar va neytronlar deb tushunilar edi. Biroq juda yaqinda bularning o‘zlari ham kichikroq zarralardan tashkil topganligi kashf qilindi. Bu «kichik zarralar»ni va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun «zarralar fizikasi» deb nomlangan fizikaning maxsus tarmog‘i paydo bo‘ldi. Zarralar fizikasi tadqiqoti atomlarni tashkil etuvchi proton va neytronlarning o‘zi ham aslida kvarklar deb ataladigan juda kichik zarralardan tashkil topganligini kashf qildi. Hajmi inson aqli bovar qilmas darajada kichik bo‘lgan bu protonlarning asosiy tarkibini tashkil etuvchi mazkur kvarklarning o‘lchami hayratlanarlidir:

1018 (0.000 000 000 000 000 001) metr.50

Boshqa bir e'tiborga molik narsa shuki, bu oyatlar atomlarning og‘irligiga ham diqqatni tortadi. Yuqorida keltirilgan oyatlarning birinchisidagi «misqoolu zarrotin» (atomning og‘irligi) jumlasida ishlatilgan «misqool» so‘zi og‘irlikni anglatadi. Aslida atomni tashkil etuvchi proton, neytron va elektronlar shu bilan birga, atomga og‘irlik beruvchi tarkibiy qismlar ham ekanligi kashf qilindi. Shuning uchun u Qur'onning boshqa bir ilmiy mo‘jizasidirki, bizning e'tiborimiz atomning hajmi yoki boshqa bir xususiyatlariga emas, balki uning og‘irligiga qaratiladi. (Qarang: Horun Yahyo. Atomdagi mo‘jiza. Ta-Ha Publishers, Buyuk Britaniya, 2004)

 

 1. Oddiy materiya molekulalar hosil qiluvchi elektro-magnitik kuchlar orqali bir-biriga bog‘langan atomlardan tashkil topadi. Bu molekulalar birgalikda qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarni hosil qiladi.

2. Atomlar elektronlar buluti bilan o‘ralgan zich yadrolardan tashkil topadi. Elektromagnitik kuch atomlaria elektronlarni birgalikda ushlab turadi.
3. Yadro qudratli yadro kuchi orqali birga ushlab turiladigan proton va neytronlardan tashkil topgan.
4. Proton va neytronlarning har biri uchtadan kvarklardan tashkil topgan bo‘lib, ular kudratli atom kuchlari orqali birga ushlab turiladi. 

__________
50. L. M. Ledermann va D. N. Shramm, «Demonstration: Die Bausteine der Materie», 1989; http://i115srv.vu-wien.ac.at/physik/ws95/w9560dir/w9561d10.htm


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.