background
logotype
image1 image2 image3

Atmosfera qatlamlari

Koinot haqida Qur'on oyatlarida xabar berilgan dalillardan biri - osmonning yetti qatlamdan tashkil etilganligidir.

U shunday zotki, sizlar uchun Yerdagi barcha narsalarni yaratdi. So‘ngra samo sari «turdi-da», uni yetti qavat osmondan iborat qilib qo‘ydi. U barcha narsani biluvchi (dono)dir. («Baqara» surasi, 29-oyat)

So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etdi. Bas, ikki kunda yetti osmonnibarpo qildi va har bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasini) vahiy qildi. («Fussilat» surasi, 11-12-oyatlar)

Qur'onning bir qancha oyatlarida uchraydigan «osmonlar» so‘zi yerning yuqorisidagi osmonga hamda butun koinotga nisbatan ishlatilgan. Mazkur so‘zning berilgan bu ma'nosidan shu narsani anglash mumkinki, Yerning osmoni yoki atmosferasi yetti qatlam qilib yaratilgan.

Haqiqatan ham, bugungi kunda shu narsa ma'lumki, bizning dunyoimizning atmosferasi bir-birining ustida yotuvchi turli qatlamlardan iborat.20 Kimyoviy tarkiblar yoki havo temperatura mezonlariga asoslangan ta'riflar Yer atmosferasining yetti qatlamdan iborat ekanligini ta'kidlaydi.21 «Chekli nozik To‘r modeli»(ob-havo holatlarini 48 soat uchun aniqlab beradigan atmosfera modeli) ga ko‘ra atmosferaning ham yetti qatlami bor.


Atmosfera faqatgina hayot uchun talab etiladigan nurlarning Yergacha yetib kelishiga yo‘l qo‘yadi. Masalan, u ultrabinafsha nurlarni dunyoga faqatgina qisman yetkazib beradi. Bu o‘simliklarga fotosintez hodisasini amalga oshirishiga va shu jumladan, barcha jonzotlarning yashashiga imkon beradigan eng to‘g‘ri miqdordir. 

Zamonaviy geologik ta'riflarga ko‘ra, atmosferaning yetti qatlami quyidagilardan iborat:

1. Troposfera
2. Stratosfera.
3. Mezosfera.
4. Termosfera
5. Egzosfera.
6. Ionosfera.
7. Magnitosfera.

Qur'ondagi «Fussilat» surasining 12-oyatida «(U) har bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasini) vahiy qildi,» deb ta'kidlanadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, Alloh har bir osmonga o‘z burchini, majburiyatini yuklaganini ma'lum qiladi. Shubhasiz, keyinroq beriladigan bo‘limlarda ko‘rsatib o‘tilgandek, bu qatlamlarning har biri Yer yuzidagi insoniyat va barcha jonzotlarning yashashi uchun juda muhim vazifani o‘taydi. Har bir qatlamning yomg‘irni shakllantirishdan tortib toki zararli nurlarning oldini olish, radioto‘lqinlarni aks ettirishdan tortib toki meteoritlar halokatli oqibatlarining oldini olishdek o‘ziga xos funktsiyalari bor.

Kuyida qayd etilgan oyatlar atmosfera yetti qatlamining ko‘rinishi haqida bizga ma'lumot beradi:

Ko‘rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday qavatma-qavat qilib yaratdi. («Nuh» surasi, 15-oyat)

(U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdir, ... . («Mulk» surasi, 3-oyat)

Bu oyatlarda o‘zbek tiliga «qavatma-qavat, qatma-qat» deb tarjima qilingan «tibaaq» arabcha so‘zi «qatlam, mos qoplama yoki biror narsa uchun jild» ma'nolarini anglatadi va bu yuqoridagi qatlam quyiroqdagisiga qanday muvofiq moslashtirilganligiga urg‘u beradi. Ushbu so‘z bu yerda ham ko‘plik shaklida ishlatilgan. Osmonning oyatda qatma-qat deb tasvirlanganligi, shubhasiz, atmosfera haqida bildirilgan juda mukammal iboradir.

XX asr texnologiyalarisiz kashf qilishning imkoni bo‘lmagan bu haqiqatlar haqida 1400 yil muqaddam Qur'oni Karimda mufassal xabar berilishi ulkan bir mo‘jizadir.

_______________
20. Maykl Paduirni, «Atmospheric Layers» (Atmosferaqatlamlari), 1996, http://royal.okanagan.bc.ca/mpidwirn/atmosphereandclimate/atmslayers.html
21. «Numerical Prediction Models used by NWS» (Shimoli-g‘arbiy shtatlarda ishlataladigan Raqamli oldindan aytish modellari), Integrated Publishing;  www.tpub.com/weather3/4-27.htm


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.