background
logotype
image1 image2 image3

Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur

Amerika Milliy Sog‘liqni saqlash tadqiqot markazida faoliyat ko‘rsatuvchi Devid B. Larson va uning guruhi olib borgan izlanishlarga ko‘ra, dinga ishonuvchi va ishonmaydigan amerikaliklar bir-biri bilan taqqoslanganda juda ajoyib natijalar qayd etildi. Misol uchun, dindor odamlar dinga kam e'tiqodli yoki umuman e'tiqodsiz odamlarga qaraganda 60% kamroq yurak xastaligi bilan og‘riydilar, ular orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichi 100% kam, ular yuqori qon bosimining ancha past darajalari bilan og‘riydilar va bu chekuvchilar orasida 7:1 nisbatni ko‘rsatadi.69

Tibbiyot olamida muhim ilmiy manba hisoblanadigan Tibbiyotda psixiatriya xalqaro jurnali chop etilgan bir izlanishning ma'lum qilishicha, o‘zlarini dinga e'tiqodsiz deb hisoblaydigan odamlar tez-tez kasal bo‘lib turishadi va qisqaroq hayot davrini kechirishadi. Izlanishning natijalariga ko‘ra, dinga e'tiqodsiz kishilar e'tiqodli kishilarga qaraganda ikki martagacha ko‘proq oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘riydilar va ularning nafas yo‘llari xastaliklaridan o‘lish darajasi e'tiqodli insonlarga nisbatan 66% ko‘proq ekan.

Dindan xoli, dunyoviy psixologlar bunga o‘xshash raqamlarga «Psixologik ta'sirlar» deb izoh berishadi. Bu shuni anglatadiki, dinga e'tiqod odamlarning ruhini ko‘taradi va bu ularning sog‘ligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ehtimol, bu tushuntirish chindan ham to‘g‘ridir, ammo bu mavzu chuqurroq o‘rganib ko‘rilganda bundan ham qiziqroqxulosalar yuzaga keladi. Allohga imon keltirish boshqa har qanday psixologik ta'sir ko‘rsatishlardan kuchliroqtsir. Diniy e'tiqod vajismoniy sog‘liqo‘rtasidagi bog‘liqlik yuzasidan Garvard Tibbiyot fakulteti xodimi Doktor Herbert Benson tomonidan o‘tkazilgan keng miqyosli izlanish bu soha bo‘yicha ajoyib xulosalarni keltirib chiqardi. O'zi dinga e'tiqodsiz bo‘lishiga qaramay, Doktor Benson ibodat va Allohga imon keltirish boshqa har narsadan ko‘ra inson sog‘ligi uchun ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, degan xulosaga keldi. Benson yana shunday xulosaga kelganligini ta'kidlaydiki, hech bir e'tiqod Allohga ishonishdan ko‘ra ko‘proq ruhiy xotirjamlik baxsh etolmas ekan70

E'tiqod, inson qalbi va jismi o‘rtasidagi bu bog‘liqlikka sabab nimada? Dindan xoli, dunyoviy tadqiqotchi Bensonning so‘zlari bilan aytganda, inson tanasi va ruhi Allohga ishonishga to‘g‘rilab qo‘yilgan.71

Jahon tibbiyoti tomonidan asta-sekin tan olinayotgan bu I haqiqat Qur'onda quyidagi so‘zlar bilan vahiy qilingan sirdir: «... Ogoh bo‘lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur.» («Ra'd» surasi, 28-oyat). Allohga imon keltiruvchi, unga ibodat va e'tiqod qiluvchi kimsalarning ruhan hamda jismonan sog‘lomroq bo‘lishiga sabab ular o‘zlarining yaratilishidagi maqsadga muvofiq ravishda yo‘l tutishlaridir. Insonning yaratilishini inkor etuvchi falsafalar va tizimlar har doim iztirob va baxtsizlik keltirgan.

Zamonaviy tibbiyot endilikda bu haqiqatni tushunib yetish jarayonida. Xuddi Patrik Glin yozganidek: «Keyingi yigirma besh yil ichida psixologiya bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shu ' narsani namoyon qildiki, ... dinga ishonish umuman ruhiy sog‘lomlik va baxtiyorlik o‘rtasidagi eng izchil bog‘liqliklardan biridir.»72

__________
69. Patrik Glin, God: The Evidence, The Reconciliation of Faith and Reason in a Postsecular World (Xudo: dalil, imon keltirish va azaliy dunyodan sabab), (Kaliforniya: Prima Publishing: 1997), 80-81. 
70. Herben Benson va Mark Stark, Timeless Healing (Umrbod sog‘ayish), (Nyu-York: Simon & Schuster: 1996), 203. 
71. Yuqoridagi manbadan, 193. 
72. Glin, God: The Evidence, The Reconciliation of Faith and Reason in a Postsecular World (Xudo: dalil, imon keltirish va azaliy dunyodan sabab), 60-61. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.