background
logotype
image1 image2 image3

Ojizlarning fidokor qudrati

 Fidokorlik hayvonot dunyosiga ham xos xususiyatlardan biridir. Barcha jonzotlarning bolasi tug‘ilganida parvarish va himoyaga muhtoj bo‘ladi. Har qanday ona hayvon bolasi uchun jonini fido qilishga ham tayyor turadi.Bolasiga biror xatar tahdid qilsa, eng yuvosh hayvon ham juda vajohatli tus oladi. Ko‘ngilsiz hodisa ro‘y berganida birinchi navbatda bolasini notinch joydan uzoqroq olib ketadi, qochishga imkoniyat bo‘lmasa, hech ikkilanmay, o‘zini xavfga qo‘yib bo‘lsa ham, bolasini saqlab qoladi. Zebraga o‘xshash yirik sut emizuvchilar sirtlon yoki boshqa yirtqichlar hujum qilganda, darhol guruhlarga bo‘linadilar va qulunlarini qurshovga olib qochadilar. Qo‘lga tushish xavfi tug‘ilsa, podadagi katta urg‘ochi zebralar bolalarini mardonavor himoya qiladilar.

Jirafalar dushmanni oldingi oyoqlari bilan tepib, bolalarini himoya etadi.
Eng hurkak jonivor bo‘lgan kiyik ham xavfli vaziyatda, agar bolalari yonlarida bo‘lsa, ularni tulki yoki bo‘ridan o‘zlarining o‘tkir va keskir tuyoqlari bilan muhofaza qiladilar.
Ojiz va kichiqroq sut emizuvchilar odatda bolalarini ishonchli va pana joyga yashiradilar. Biroq g‘anim ularning boshpanasini sezib qolsa va qochishga imkon bo‘dmasa, bu jonivorlar vajohatli tus olib, dushmanni bolalaridan uzoqlashtirishga intiladi. Masalan, eng qo‘rqoq hayvon hisoblangan quyon bolalariga dushman xavf solganida, uyasiga yugurib kelib, baquvvat orqa oyoqlari bilan raqibini tepadi. Shu tarzda u bolalari hayotini saqlab qoladi.
Ma’lumki yirtqich hayvon o‘ljasining orqasidan tashlanadi. Shu bois ohular bolalarini xatardan saqlash uchun ko‘pincha orqa tarafda yuradilar. Kutilmaganda ortdan chiyabo‘ri tashlanib qolsa, ohu tuyoqdarini ishga soladi.
Qushlarda himoya yanayam O‘ziga xos. Masalan, ayrim qushlar uchun chag‘alaylar xavfli hisoblanadi. Galaga chag‘alaylar hujum qilgudek bo‘lsa, katta qushlar galaning tinchligini saqlash uchun ularga tashlanadilar. Bunday "qo‘riqchilik" galada navbat bilan amalga oshiriladi.
Ayrim jonivorlar bolalari ximoyasi uchun hiyla ham ishlatadilar. Masalan, yo‘lbars ovchi yaqinlashayotganini ko‘rsa, darhol bolalaridan uzoqlashib, ovchining e’tiborini o‘ziga qaratadi. Yoki yenot degan mo‘ynali hayvonni olaylik. Bu jonivor dushman kelayotganini sezsa, o‘sha zahoti bolalarini eng yaqin daraxtga olib chiqib qo‘yadi va tezlikda yerga tushadi. G‘animini orqasidan ergashtirib, ma’lum joygacha olib boradi va xavf uzoqlashganini ko‘rgach, shitob bilan qocha boshlaydi.
Ba’zi qushlar o‘zini yaradorga o‘xshatib dushmanini chalg‘itadi. Moda qush uyaga yaqinlashayotgan raqibini ko‘rsa, uyasidan uzoqlashib, pastga tushadi. Qanotini yerga urib, yaralanganga o‘xshash ovoz chiqara boshlaydi. Ayni choqda ehtiyotkorlikni ham unutmaydi, raqibi bilan orasidagi masofani saqlab turadi, dushmani unga tashlanishi bilan uchib ketadi.
Qushlarning kuchuk, mushuk, ilon kabi g‘animlarini aldashda juda qo‘l keladigan bu "sahna ko‘rinishi" kishini hayratga soladi. Hatto hozirgi zamon olimlari ham bu holatni to‘liq izohlab berolgan emas.
Balki buni qushlarning o‘zi o‘ylab topayotgandir? Odatda dushman ruhiyatini bilish uchun bilim va juda aniq axborotga ega bo‘lish kerak. Ustiga-ustak, o‘ylab ham o‘tirmay dushmaning oldiga o‘zini tashlab, quvlashga majbur etish uchun qushlarga cheksiz matonat va jasurlik lozim. Biroq lol qolarli tomoni, qushlar hech kimdan o‘rganmaganlari holda, tug‘ilganlaridayoq, bu mahoratga ega bo‘ladilar.
Hayvonot olamida bu kabi misollar ko‘p. Chunki yer yuzida milyonga yaqin jonzot mavjud bo‘lib, har biri faqat o‘zigagina xos himoya uslubiga ega.
Agar jonivorlarning loaqal bir avlodi zurriyodini himoya qilish uchun kurashmaganida, butun boshli tur yo‘q bo‘lib ketardi. Ammo ongsiz, mehribonlik va rahm-shafqat tuyg‘ulariga yot jonivorlarni bunday oqilona ish yuritishga kim yo‘llayapti? Fikrlash qobiliyati yo‘q mavjudot qanday qilib g‘oyat mukammal tizimga ko‘ra harakat qilayotir?
Albatta, jonzotlarga bu qobiliyatni Alloh taolo ato etgandir. Yer yuzidagi boshqa narsalar kabi ular ham Allohning irodasi bilan harakat qiladilar. Hak, taolo bu tilsiz jonivorlar orqali o‘zining cheksiz marhamati va mehribonligini ko‘rsatib turadi. Hashr surasi 24-oyati mazmuni bunday:"U — Alloh yaratuvchidir, (yo‘qdan) bor qiluvchidir, (barcha narsaga) surat-shakl beruvchidir. Uning go‘zal nomlari bordir. Osmonlar va yerdagi barcha narsa Unna tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir".

Mahmud Mahkam tarjimasi
“Hidoyat” jurnalining 2002-yil, 9-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.