Iydi ramazon muborak!
Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bu kun har kungidan ham go'zal, har doimgidan-da faraxli kun! Chunki bu iydal fitr kunidir. Musulmonlar hayit kunida dunyodagi eng baxtiyor insonlardir.
Birodarim, sizni ham ushbu ulug' kun, hayit ayyomi bilan chin qalbdan tabriklayman.
Ramazon oyida, undan oldin va keyin qilgan ibodatlaringizni Allohim o'z dargohida qabul qilsin!
Yuzingizdan bu kungidek tabbassum hech qachon arimasin!
Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!
HAYIT NAMOZI
1. «Alloh rizoligi uchun Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini o‘qishni niyat qildim. Yuzimni qibla tarafga qaratdim. Ushbu imomga iqtido qildim», deb niyat qilinadi.
2. Imom «Allohu akbar», deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbirini aytadi.
3. Har kim ichida Sano duosini o‘qiydi. So‘ngra imom ketma-ket qo‘llarini quloqlariga ko‘tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo‘llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib, qiyom holida turiladi.
4. Shundan keyin imom ichida «A’uzu»ni va «Bismillah»ni aytib, ovoz chiqarib Fotiha surasini va zam surani o‘qiydi.
5. Ruku va sajdadan so‘ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom Fotiha surasi bilan bir kichik sura o‘qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi. To‘rtinchi takbirdan keyin qo‘llar bog‘lanmasdan rukuga ketiladi va sajdalar ado etiladi. Sajdadan so‘ngra «Attahiyyat» va «Salovot» o‘qib, salom berilib, namoz tugatiladi.
SHAVVOL OYIDA OLTI KUN RO'ZA TUTISH
Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Ramazon ro‘zasini tutib, ketidan Shavvoldan olti kun ro‘za tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Ramazon oyidan keyin keladigan Shavvol oyida olti kun nafl ro‘za tutishga targ‘ib qilish o‘ziga yarasha hikmatga ega. Avvalo, doimo nafl ro‘za tutishga targ‘ib qilinadi. Qolaversa Ramazon bo‘yi ro‘za tutib yurib, Shavvolda birdan ovqatga urish ham ruhiy, ham sihhiy jihatdan yaxshi emas. Tabiblar ham ochlikdandan chiqqandan keyin ovqat iste’molini asta-sekin ko‘paytirishni tavsiya qiladilar.
HAYIT
Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir,
Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham ancha to‘qdir.
Bugun qalblar rohat ila masjidga qo‘ymish qadam,
Bu kun Alloh kalomini tinglagay har bir odam.
Bukun go‘yo farishtalar osmondan tushib saf-saf
Horig‘, so‘lg‘in ko‘ngillarga taqib ketmishlar sadaf.
Sadaflar asli iymondan so‘zlabon yuraklarga
Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga.
Alloh lafzin unutgan qalb yangi oy chiqqan kecha
O’n bir oylik chang-g‘uborni boshladi bir-bir yecha.
Qanday yaxshi bu kun do‘stlar, qanday go‘zal bu kunlar,
Alloh uchun aziz bo‘lmish yarim oy bedor tunlar.
Bu kun yana kelarmi, yo u kunga yetmaymizmi,
Shu bois, bul aziz kunni qadriga yetmaymizmi?
Mir Alisher bayti aytar: mahzun dil, chekma jabr.
Har kuning Hayit o‘lubon, har tuning o‘lsin qadr.
Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir,
Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham bir muncha to‘qdir.
Xayrulla Hamidov
Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.