Iltijoning ijobati
Yoshim o‘ttiz ikkida. O‘n sakkiz yoshimda ichishga o‘rgangan edim. Harbiy xizmatdan so‘ng ichkilikka yana ham ruju qo‘ydim. Oilalik bo‘lsam-da, qo‘limga pul tushgan zahoti ulfatlarim bilan ichib, uyga mast holda kelar edim. Ulfat topa olmasam, uyda ichadigan bo‘ldim. Ichib kelib, arzimagan bahonalar bilan xotinimni xaqoratlardim.
“Nimaga ichasiz? Tashlang”, desa, «Sening pulingga ichyapmanmi?» deb, uni so‘kar edim. Onam kelib urishar, yig‘lab-yig‘lab qaytib ketar, lekin men bilganimdan qolmas edim.
2003 yilning Ramazon oyi boshlandi. Xotinim sahar vaqti turib: «Bugundan men ro‘za tutaman, namoz o‘qishni ham o‘rganaman», dedi. Aytganiday, shu kundan boshlab ertalablari namoz o‘qiydigan va ro‘za tutadigan bo‘ldi. Menga: «Siz ham ro‘za tuting», deb taklif qildi. Men esa: «O‘zing tutaver, men bilan ishing bo‘lmasin», deb jerkib berdim.
Ramazon oyi ham oxirlab qolgan edi. Odatdagiday mast bo‘lib keldim. Xotinim yig‘lab yubordi.
— Bugun nima uchun ichdingiz? — dedi oxiri.
— Bugunning shoxi bormi, nima bo‘libdi? — dedim g‘o‘ldirab.
— Bugun Laylatul qadr kechasi, ertalabgacha namoz o‘qib, Allohdan nima tilasangiz, amalga oshar ekan, — dedi u. — Siz ham aroq ichishni tashlashni so‘rab, Xudoga iltijo qiling.
Men esa yana xotinimni so‘kib:
— Istasang, o‘zing tila, — deb uxlab qolibman.
Ertalab tursam, xotinimning ko‘zlari qizarib ketgan edi. Nima bo‘ldi, desam, tun bo‘yi ibodat qilib chiqqanini, menga ham tavfiq so‘rab, Allohga iltijo qilganini, orada non ham yopganini aytdi. Tevarakka razm solib, stol ustida arabcha yozilgan daftarga ko‘zim tushdi. Xotinim bunda namoz o‘qish qoidalari yozilganini aytdi. Olib ko‘rmoqchi bo‘lsam, oldin tahorat olish kerak, deb ogohlantirdi. Qo‘limga bir varaq tutqazdi. Ilk bor tahorat qildim va “Bismillahir rohmanir rohim” deb daftarni qo‘limga oldim. O‘qirkanman, menda ham namoz o‘qish istagi tug‘ildi. Oradan ikki kun o‘tib, bu istak qat’iy qarorga aylangach, xotinimga: «Men ham sen bilan birga ertadan namoz o‘qimoqchiman, aroq ichishni tashlayman!» dedim. Xotinim avvaliga ishonmadi. Keyin: «Men sizni erta uyg‘otaman», deya yuzida nurli bir tabassum paydo bo‘ldi. O‘sha kecha men tush ko‘rdim. Tushimda xotinim bilan ikkalamiz namoz o‘qiyotgan ekanmiz. Allohning qudrati bilan Laylatul qadr kechasidan uch kun o‘tib, namoz o‘qishni boshladim. Ikki haftada namozni yoddan ado etadigan bo‘ldim. Xudoga shukr, har kuni besh vaqt namoz o‘qishga odatlandim. Allohning marhamati bilan, xotinimning duo-iltijosi sababchi bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga kirganimdan xursandman. Endi umrimning oxirigacha spirtli ichimlikni og‘zimga olmayman. Oilamiz tinch, hech qanaqa urush-janjal yo‘q. Ishlarimiz ham rivoj olib, oilamizga xayr-baraka kiryapti. Maqtanib emas, ibrat uchun so‘zladim, azizlar. Adashib, hamon ichkilik domida yurganlar astoydil Allohga iltijo qilishsa, O‘zi, albatta, to‘g‘ri yo‘lga soladi.
Ali Obidov, Vobkent
“Hidoyat” jurnalining 2004-yil, 7-sonidan olindi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.