O'g'rilik
Alloh taolo aytadi:
«O‘g‘ri erkakni ham, o‘g‘ri ayolni ham qo‘llarini kesinglar! (Toki bu) ularning qilmishlariga yarasha jazo bo‘lsin, Alloh tomonidan berilgan azob bo‘lsin. Alloh qudrat va hikmat egasidir»(Moida surasi, 38).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Zinokor zino qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida zino qiladi. O‘g‘ri o‘g‘irlik qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida o‘g‘irlik qiladi. Ichuvchi xamr ichayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida ichadi. Biroq tavba hali ham taklif qilingandir» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhu aytganlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qiymati uch dirham bo‘lgan qalqon sababli (qo‘lni) kesganlar» (Jamoat rivoyat qilgan).
Oisha (roziyallohu anho) aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chorak dinor va undan qiymatli (narsalar) uchun o‘g‘rining qo‘lini kesar edilar» (Jamoat rivoyat qilgan).
Nasoiyning rivoyatida: «Qalqon qiymatidan arzon narsalar uchun o‘g‘rining qo‘li kesilmaydi», deyilgan. Oisha (roziyallohu anho)dan: «Qalqonning qiymati qancha?» deb so‘rashganda: «Chorak dinor», deya javob berganlar.
Imom Ahmadning rivoyatida: «Chorak dinor sababli (o‘g‘rining qo‘lini) kesinglar. Bundan qiymatsiz, arzon bo‘lgan narsalar sababli kesmanglar», deyilgan.
U paytda bir dinor - o‘n ikki dirham, chorak dinor esa uch dirham bo‘lgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh o‘g‘rini la'natlasin: dubulg‘a o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi, arqon o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi», deganlar.
A'mash (rahimahulloh) aytganlarki: «Ular «dubulg‘a» deganda temir dubulg‘ani, «arqon» deganda bir necha dirham turadigan arqonni nazarda tutishgan» (Buxoriy, Muslim, Ahmad rivoyati).
Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Maxzum qabilasidan bo‘lgan bir ayol qarzga narsa olib uni qaytarmas, tan olmas edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uning qo‘lini kesishni buyurdilar. Ayolning qarindosh-urug‘lari Usoma ibn Zaydning oldiga kelib, u bilan gaplashishdi. Usoma Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ayol haqida gapirgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey Usoma, Alloh azza va jallaning hadlaridan bironta had borasida ham o‘rtaga tushganingni ko‘rmayin», dedilar. So‘ng turib odamlarga qarata shunday hitob qildilar: «Albatta, sizlardan oldin o‘tganlar agar oralarida sharafli, obro‘li kishi o‘g‘irlik qilsa afv etib, zaif kishi o‘g‘irlik qilsa, qo‘lini kesganlari sababli halok bo‘lganlar. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar o‘g‘ri Muhammadning qizi Fotima bo‘lganida ham, albatta, qo‘lini kesgan bo‘lardim». Keyin o‘g‘ri ayolning qo‘li kesildi» (Ahmad, Muslim, Nasoiy rivoyati).
Ulamolar aytadilarki, o‘g‘irlagan narsani egasiga qaytarmas ekan, o‘g‘rining tavbasidan hech naf yo‘q. Agar hech vaqosi bo‘lmasa, molning egasidan rozilik olishi shart. Vallohu a'lam.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.