background
logotype
image1 image2 image3

Biz islomni bilamizmi? viktorinasi - 5 bosqich

Bismillahior rohmanir rohiym
«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).
 
BIZ ISLOMNI BILAMIZMI? - 5 BOSQICH
 
Assalomu alaykum!
Islom va Payg'ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning tarixlari barcha uchun ibratdir. Insoniyatning eng buyuk kishisi bo'lgan sevikli Janobimizning siyratlariga bag'ishlab, to'rt yildan beri viktorina o'tkazib kelayotganimizdan xabaringiz bor. Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan viktorinaning 5-bosqichini e'lon qilamiz.
"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 5-bosqichi inshaalloh 2011 yil 5 avgust, juma kunidan boshlanadi. 

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar hayoti haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol e'lon qilinadi. Savollarga 3-4 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 7 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 7 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

5-bosqich. 1-tur: Birinchi islomiy haj. Elchilar yili

5-bosqich. 2-tur: Vidolashuv haji (javoblar 18-avgustgacha qabul qilinadi)

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!

www.ziyouz.com tahririyati.

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.