"Biz Islomni bilamizmi?" - Tanlov g'oliblari
Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!
Mana, Allohning karami va inoyati ila, "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovimizning 1-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi.
Tanlovimiz 77 kun davom etib, unda Payg'ambar alayhissalomning siyratlari, Islom tarixi va fiqh mavzularida 200 ta savol berildi. Tanlovda 52 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.
“Biz Islomni bilamizmi?” viktorinasi men uchun juda xayrli o’tdi. Tanlovda qatnashganimdan mamnunman. Tanlov sababli dinimiz ahkomlaridan, Payg’ambarimiz hayotlaridan ko’proq bahramand bo’ldim, bilmagan narsalarimni o’rgandim. Tanlov haqida ko’pchilikning fikri ham shunday bo’lsa kerak. Bunday tanlovlar ilm toliblari, yoshlarning muqaddas dinimiz haqida ko’proq bilim olishlariga turtki bo’ladi. Keyingi bosqichda ham barchamiz munosib qatnashishimizni Alloh nasib etsin!”
Akbar Jalilov, tanlov g’olibi |
"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.
Tanlovda ishtirok etgan, o'z savollarini yuborgan barcha ishtirokchilarga Allohning Rahmati yor bo'lishini, yuksak ilm martabasini tilaymiz. G'olib bo'lgan quyidagi ishtirokchilarga sovg'alar taqdim etildi:
1-o'rinni egallagan qo’qonlik Rohatoy Tohir qiziga diplom (esdaliknoma), pul mukofoti va Hadis va hayot: Payg'ambarlar qissasi kitobi;
2-o'rinni egallagan toshkentlik Dilnoza Bayzakovaga diplom (esdaliknoma), Mushaf, tajvid va kassetalar to'plami (al-Qahtoniy) hamda Hadis va hayot: Nubuvvat xonadoni xonimlari kitobi;
3-o'rinni egallagan marg’ilonlik hunarmand Dilmurod Majidovga diplom (esdaliknoma), Qur'oni karim tafsiri (Alouddin Mansur), Saodat asri qissalari (4 ta kitob) va Hadis va hayot: Payg'ambarlar qissasi kitoblari;
4-o'rinni egallagan qashqadaryolik Akbar Jalilovga diplom (esdaliknoma), Saodat asri qissalari va Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat kitobi;
5-o'rinni egallagan andijonlik Shoir Malikovga diplom (esdaliknoma), Hadis va hayot: Payg'ambarlar qissasi kitobi.
G’oliblarni tabriklaymiz. Ularga, oila a’zolariga sihat-salomatlik, Allohning salomi, rahmati va mag’firatini tilaymiz.
Ishtirokchilar va natijalarning to’liq varianti shu yerda.
Barcha savollarga javoblar, tanlov arxivi shu yerda.
Inshaalloh, keyingi bosqich Ramazon oyida boshlanadi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.