background
logotype
image1 image2 image3

Muallif: Amina Shanliko'g'li
Hajmi: 261 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
 Saqlab olish
Online o'qish 

Amina Shanliko'g'li
VIJDON AZOBI

Turk yozuvchisi Amina Shanliko'g'liga vijdon azobida qolgan zamondoshlarimizdan kelgan maktublar asosida yozilgan kitobdan qalbimizni larzaga keltirgan qonli dil izhorlariga to'la. Balki bizni oramizda, do'st yoki qo'ni qo'shni va qarindoshlarimizni orasida ham shunday adashgan, hozirda esa Allohga tavba qilib vijdon azobida qolgan musulmon opa-singillarimiz va aka - ukalarimiz bordir. Biz har birimiz ularni Amina bo'lib tinglashimiz va ularni to'g'ri yo'lga boshlashimiz va ularni dardlariga oz bo'lsada malham bo'lishimiz kerak, bu mo'minni mo'min ustidagi haqqi. Zero har bir mo'min bir-biri uchun mas'uldir. Keling, sizni qiynayotgan masalalarda biz bilan sirlashing.

Amina Shanliko'g'li - keyingi yillarda kitoblari eng ko'p o'qilatoygan turk ayol yuzuvchilaridandir. Mazkur maktublar mahsulini haqiqat va jaholat, ezgulik va yovuzlik kurashida ko'ngil iztiroblarining in'ikosi deb qabul qilish mumkin.


XATO

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman!Allohga hamd bo'lsin! Avvalo sevimli Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s. a. v. ga olu ashoblariga salotu salom bo'lsin. Sizlarning har biringizga ham alohida - alohida salomlarimni yo'llayman. Ismimni ochiqchasiga yozishni ma'qul ko'rmadim. Men jurnalingizni o'qib boraman va juda-juda yoqtiraman. Modomiki o'quvchilar ibrat olsin deya "Vijdon azobi" nomli sahifa berib borar ekansiz, men ham boshimdan o'tga voqeani bildiray, agar lozim topsangiz yoritarsiz. Har kim ham menday hato qilishi mumkin. Buni yozishimdan maqsad, boshqalar - yoshlar johil musulmonlar men qilgan hatoni qaytarmasinlar, bu voqeadan ibrat olsinlar. Hali sakkiz yoshga to'lmasdan - men erkatoyini go'zal joylar - kengliklarga qo'yib yubordilar. Lekin bu kengliklarni o'z vahshiylari va bo'rilari bor ekan... . Men ham bir bechora qo'zichoq edim, turkchani yahshi bilmaganim uchun meni boshlang'ich maktabga - Turkiyaga jo'natdilar. Turkiyada ikkinchimi, uchunchimi sinfda o'qiyotganimda olg'ir bo'ri - hotinboz kurdga yo'liqdim va talandim, u mening norasida va bokira dunyoyimni vayron qilib hayotimdan uzoqlashib ketti. Hali go'dak bo'lganimdan hech narsani tushunmasdim. Oradan yillar o'tdi. O'n oltiga to'ldim. Unga bunga aqlim yeta boshladi. O'sha dahshatli kun yodimga tushib doktorga bordim. Men cuhun isnod bo'ladigan holni eshitib haqiqatni anglab yetgach:" Rabbim, o'lar bo'lsam o'lib bo'ldim, bundan ko'ra jonimni olsayding, yashamasaydim!" - dedim. Ko'zlaimdan yoshlar oqar, dugonalarimning tasalli berishlari ham meni ovutolmas edi. Endi uyimdagilarni yuziga qanday qarayman. Vijdon azobidan ezilar, oshkoru pinhon faryodu fig'onlar qilardim. Qiyomat kuni mahshargohda Yratgan Egam huzurida gunohlarim qancha, bilmayman. Ayting, men fohishamanmi yoki bechora qurbon? Yo butog'idan yulingan aybsiz gul? Allohim meni avf etarmikan? Men o'sha payt hech narsadan habarsiz, ma'sum go'dak edim, Aziz o'quvchilar, mening bu muhtasar, ammo achchiq hatot qissamdan hissa chiqarsinlar, ibrat olsinlar, yosh farzandlarini o'zga yerlarga yubormasinlar, yolg'iz va qarovsiz qoldirmasinlar, deyman. Menga ham kelajakda kimdir turmush qurishni yaklif etar, tabiiyku, unda javobim "yo'q" bo'ladi. Yana sizlardan so'rayman: endi ne qilaman? Uydagilar hanuz ahvolimdan habarsiz, bilsalar qay holga tushaman? Boshi berk ko'chaga kirib qoldim, chiqmoqqa intilaman. Qutila olarmikanman? Kelajak naslni pok tarbiyalamoqchi onalarga maslahatim - farzandlaringizni bu zaharli oynai jahonda nari tuting, ehtiyot qiling! Men olti yoshimda uydagilar uhlagach, ekran qarshidida yarim tungacha o'tirar va razolatni tasvirlovchi turli filmlarni tomosha qilar, ba'zi narsalarni o'rganar va ashulachi bo'lishni orzu qilardim. Uyning burchagidagi bu to'rtburchak ofat meni shunday zaharlab qo'ydi. Biz har kun ko'radigan va odatda o'ziga tortadigan narsalardan o'rnak olamiz va oqibati shunaqa hunuk bo'lib chiqadi... Gapni cho'zib boshingizni qotirib yuborganim uchun sizlardan uzr so'rayman. Olmoniyadan, noma'lum mushtariyingiz X. Sh. Aloh rozi bo'lsin. 
Javob: Muhatarm singlim! Maktubingizni o'qib ancha mayuslandim. Boshingizdan bir bor bunday voqea o'tibdi. Afsus buni ortga qaytarib bo'lmaydi. Shunday ekan, kechmishni emas, kelajakni o'ylash kerak. Bu hodisa norasidalikda o'tgani uchun sizning aybingiz yo'q, siz yomon ayol ham emassiz. Johil jamiyatning qurbonisiz. tortinmasdan buni onangizga tushutiring yoki buni boshqalar orqali buni yetkazing. Sizni kelinlikka so'rab kelganlarga ham vaziyatni ochiq ayting. Zotan, kechmishingizni ochiq aytishdan boshqa chora ham yo'q. Bir marta bunday ishni boshingizdan kechirganingiz o'ylab, o'zingizni yo'qotmang, endi ehtoyot bo'ling. Boshqa aldanmang. Bundan keyingi hayotingizga qarab Islomni o'rganing va boshqalarga ham o'rgating. Davomini o'qish


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.