background
logotype
image1 image2 image3

Muallif: Muslim as-Samarqandiy
Hajmi: 117 Kb
Fayl tipi: PDF
Saqlab olish
Online o'qish

Ushbu kitobning nomi, garchi olim va ta’lim oluvchi, degan ma’noni anglatsa-da, biz uni «Ustoz va Shogird», deb tarjima qildik. Zero, kitob Abu Hanifa bilan u zoti sharifning shogirdlari Imom Abu Balxiy savol-javoblari asosida ta’lif etilgan. Ustoz va shogird o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ilmiy bahsu munozarani Imom Abu Muqotil ibn Muslim as-Samarqandiy rivoyat qilib, bizgacha yetkazgan. 

Kitobdagi savol-javoblar har bir musulmon bilishi zarur bo‘lgan o‘ta muhim va o‘ta nozik masalalarni qamrab olgan. Uni diqqat bilan o‘qib chiqqan vatandoshlarimiz, xususan, tolibi ilmlar islomiy e’tiqodga oid o‘zlarini qiynab yurgan savollarga qoniqarli javob topadilar, deb umid qilamiz.

Kitob shunday boshlanadi:

Bismillahir rohmanir rohim

Allohga hamd bo‘lsinki, Uning in’omlari (ne’matlari) bois solih amallar kamolot cho‘qqisiga erishadi.
Sayyidlarning Sayyidi, xojamiz Muhammad, sollallohu alayhi va sallam va u zotning avlodlariga, sahobalariga va pokiza ahli ayollariga durudu salom bo‘lsin!
Yaratilish va parhezkorlik jihatidan ham eng haqir bo‘lgan, balki, haqiqatdan ham hech narsaga arzimaydigan Mustafo Oshir, Alloh uni mag‘firat qilsin va nomini gunoxlaridan ko‘ra aziz qilsin, dedi:
- Men buzruk imomimiz Abu Hanifaning (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin) «al-Olim va al-Mutaallim» asarini pirim va ustozim Hoji Husayn ibn Muhammad ibn Hasan al-Miymiy al-Basriydan (Alloh rahmat qilsin u zotni) rivoyat qilaman...
Kitobni mazkur so‘zlar bilan boshlagan Mustafo Oshir haqiqatdan ham «al-Olim va al-Mutaallim» risolasi Imomi A’zam qalamlariga mansub ekanligini isbot qilish uchun mazkur risolani bevosita Imomimizning og‘izlaridan eshitgan Imom Abu Muqotil Hafs ibn Muslim as-Samarqandiygacha yashab o‘tgan barcha roviylarning nomlarini birma-bir sanab o‘tgan.
Xuddi shuningdek, Mustafo Oshir Abu Hanifaning «al-Fiqh al-Absat» asarini imomimizning og‘izlaridan u zotning shogirdlari Abu Muti’ al-Hakam ibn Abdul-loh al-Balxiy, «al-Fiqh al-Akbar»ni esa Imomimizning o‘g‘illari Hammod ibn Abu Hanifa eshitib, rivoyat qilganlarini ta’kidlamoq uchun ulargacha bo‘lgan hamma roviylarni nomma-nom bayon qilgan.
Biz o‘quvchilarga malol keltirmaslikni nazarda tutib, kitoblarni rivoyat qilishda ishtirok etgan roviylarning to‘liq nomlarini mufassal bayon qilishni lozim topmadik. Ularni bilishni istaganlar kitoblarning asl nusxalariga murojaat etishlari mumkin.  davomi...


2004-2020 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.