background
logotype
image1 image2 image3

Muallif: Ahmad Muhammad
Hajmi: 333 Kb
Fayl tipi: PDF
Saqlab olish
Online o'qish

Bismillahir rohmanir rohiym

Insoniyat yangi ming yillikka qadam qo‘ydi. O’tgan yigirmanchi asr ilm-fan, texnika yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan, yer yuzidagi olti milyarddan ziyod kishining farovon va baxtli turmush kechirishi uchun cheksiz imkoniyatlar, qulayliklar yaratilgan yuz yillik bo‘lib tarixga kirdi.
Ammo g‘arb olimlari orzu qilgan hazora (tsivilizatsiya)larning mahsuli bo‘lmish bu to‘kinchilik, turli sohalardagi ilmiy kashfiyotlar insoniyatga baxt-saodat olib kelmadi. Ularning “jannatiy ma’murlik va osoyishta hayot” haqidagi orzu-umidlari chippakka chiqdi. Ular barpo etgan “madaniy turmush” sarobdan boshqa narsa emasligi ma’lum bo‘lib qoldi.
Ming yilliklar chorrahasidagi moddiy taraqqiyot va ulug‘ ilmiy kashfiyotlar nega insoniyatga baxt-saodat olib kelmadi? “Mukammal” jamiyat qurganlik va “yuksak” hazoraga erishganlik da’vosini qilayotgan g‘arb olamini nima uchun xavf-xatar, qalb bezovtaligi, ertangi kundan umidsizlik kabi kayfiyatlar chulg‘ab olgan? Bu savollarga olimlar va mutafakkirlar ham javob topolmay boshlari qotgan.

Mulohaza qilib ko‘riladigan bo‘lsa, insonning farovonligi ziyodalashgani sari ruhiy iztirob va qalb bezovtaligi ortib boryapti. Na boy o‘lkalaru go‘zal shaharlar, so‘lim bog‘laru shinam uylar, na mol va yemish to‘la do‘konlaru uchqur mashinalar, chiroyli kiyimlaru bir-biridan lazzatli taomlar insonga baxt va shodmon hayot olib kelolmadi. Aksincha, qoloq davlatlarga qaraganda yashash darajasi yuqori bo‘lgan, yuksak taraqqiyotga erishgan mamlakatlarning jamiyatlari hozir ruhiy xastalik azobini ko‘proq chekyapti.
G‘arbliklarda bu bezovtalik ketma-ket ikkita jahon urushini boshdan kechirib, endi uchinchisi boshlanib qolmasmikin, degan xavotirdan kelib chiqayotgani yo‘q. Bu bezovtalik kuchsizlarni xo‘rlash, azoblashga asoslangan mustamlakachilik siyosatidan ham paydo bo‘layotgani yo‘q. Chunki o‘zi mustamlakachi sifatida boshqa millatlarga zo‘ravonlik qilayotgan, bundan naf ko‘rayotgan davlatlarda bu bezovtalik kuchliroq.
Hozirgi paytda jahonda 450 million kishi ruhan azoblanmoqda. Yiliga 20 million kishi o‘z joniga qasd qilishga urinadi, shundan bir millioni suiqasd tufayli halok bo‘ladi. Eng ajablanarlisi, o‘z joniga qasd qilishlarning aksariyati Skandinaviya o‘lkalari, Xollandiya, Mojoriston, Litva kabi g‘arb mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Bundan ham g‘aroyibi, u yerlarda odamlar o‘zlari yashayotgan to‘kin hayotdan bezib, yashashning qizig‘i qolmayotganidan to‘yib, o‘zlarini o‘ldirayotganlaridir.  davomi


2004-2021 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.