Haqiqat axtarish iztirobi
Har kim haqiqatni o‘zining imoni, hayotiy tajribasi va farosati darajasida taniydi. O’lchovi ham mana shu holatlariga ko‘radir. Birov ko‘zlagan ishi foydasiga hal bo‘lmasa bo‘ldi, haqiqat yo‘q, deb hukm chiqaradi. Birov ko‘proq jamiyatini, mamlakatini, bugun insoniyatni o‘ylaydi, ularga haqiqatni sog‘inadi.
Kecha onglarga haqiqat deb singdirilgan dunyoqarashlar bugun ulkan yolg’on-uydirma bo‘lib chiqdi. Jamiyat dovdirab qoldi. Kuchli siyosiy-mafkuraviy bosimlar tufayli haqiqat bo‘lib tuyuladigan, aslida tagi puch bo‘lgan falsafalardan charchagan insonimiz o‘zgarmas, mutlaq haqiqatni axtarishga ehtiyoj sezdi.
Katta o‘zgarishlar zamonida hamisha shunday bo‘ladi. Muhimi haqiqatga tashnalikni vaqtida va to‘g‘ri qondirishdir. Tashna yurakka zarur vositani vaqtida va to‘g‘ri tuta bilishdir. Bu yo‘lda Alouddin Basharning "Haqiqat nima?" kitobchasi bizga yordamchi bo‘ladi.
U aniq savollar yuzasidan aniq bir qizga yo‘llangan maktublardan iborat ekaniga qaramay, o‘qigan har bir inson xitob o‘ziga qaratilganini his qiladi. Asarning ta’sir kuchi va foydasi ham shu nuqtada, bizningcha.
Haqiqatni topishingizda Alloh taolo sizga yor bo‘lsin, bu yo‘ldagi iztiroblaringiz quvonchlarga ulashib ketsin.
Nurulloh MUHAMMAD RAUFXON
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.