background
logotype
image1 image2 image3

Muallif: Imomi A'zam Abu Hanifa
Hajmi: 40 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
 Saqlab olish
Online o'qish 

Kitob Imomi A’zam bilan shogirdlari Abu Muti’ning savol-javoblariga asoslanib yozilgan.

Savol:
- Eng ulug‘ va eng sodda fiqh nima? 

Javob:
- Kimsani gunohi uchun kofirga chiqarmasliging, birorta odamni imonsiz deb mahkum qilmasliging, yaxshilikka buyurishing va yomonliklardan qaytarishing, senga tekkan narsaning tegmasligi mumkin emasligini, senga tegmagan narsaning tegishi mumkin emasligini bilishing, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) ashoblaridan birortalaridan o‘zingni chetga tortmasliging, birlaridan birlarini yaqin tutmasliging. Hazrat Usmon va Hazrat Alining (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) voqealarini Allohga havola qilishing, ulardan birini ikkinchisidan afzal deb bilmasliging eng sodda va eng ulug‘ fiqhdir.
Imomi A’zam so‘zlarida davom etdilar:
- Diniy bilimlarni bilish ahkomlarni bilishdan ko‘ra afzalroqdir. Zero, odamning Parvardigoriga qanday ibodat (bandachilik) qilishni bilishi boshqa ko‘p ilmlarni o‘zida to‘plaganidan ko‘ra foydaliroqdir. davomi...


2004-2021 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.