Yog‘och kosa yoxud ekkaningni o‘rasan...
Bir o‘g‘ilning qaramog‘ida qolgan keksa otasi bor edi. O‘g‘il ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeyayotganida qo‘llari qaltiraydigan qari otasining izzat va hurmatini bajo keltirmas edi. Bir kuni bechora otaning qo‘llari qaltirab, osh suzib berilgan chinni kosani tushirib, sindirib qo‘ydi. Buni ko‘rgan kelini achchiq gap aytib otaning ko‘nglini sindirdi. O‘g‘il esa otasini hovli etagidagi zax xonaga ko‘chirdi.
Kelin endi qaynotasiga eski yog‘och kosada taom beradigan bo‘ldi. Bundan ko‘ngli ozor topgan qariya vafot etib ketgan kampirini eslab, zor-zor yig‘lardi. Uning yolg‘iz yupanchi va suyanchig‘i besh yoshli nabirasi edi. Bola bobosining yoniga kelib o‘tirar, ma’sum so‘zlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosining ko‘nglini ovlab, uning g‘am va alamlarini bir oz bo‘lsa-da yengillatardi.
Shu zaylda bir necha kunlar o‘tdi. Kunlarning birida bola qo‘liga pichoq olib bir yog‘ochni yo‘nib o‘tirganida otasi ishdan kelib: “O‘g‘lim, nima qilayapsan?”, deb so‘radi.
Bola ishidan bosh ko‘tarmagan holda javob berdi: “Dadajon, oyim eski yog‘och kosada bobomga ovqat beradilar. Men ham yog‘och kosa yasayapman, katta bo‘lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman...”
Tohir Malikning “Odamiylik mulki” kitobidan.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.