Xushxabar
Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
“Ey imon keltirganlar, o‘zlaringizni va oila a’zolaringizni yoqilHisi odamlar va toshlardan bo‘lmish do‘zaxdan saqlangizki, unda qattiqqo‘l, Allohning buyurganiga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni bajaradigan farishtalar (turur)” (Tahrim, 6, mazmuni) mazmunli oyati karima nozil bo‘lgach, Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, sahobalariga o‘qib eshittirgan edilar, o‘sha yerda turgan bir yosh yigit hushidan ketib yiqildi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, muborak qo‘llarini yigitning ko‘kragiga qo‘ydilar va yuragi urayotganini bilgach, unga: “La ilaha illalloh”, degin, dedilar. Yigit kalimani qaytargach, Payg‘ambarimiz, alayhissalom, unga oxirati haqida xushxabar aytdilar.
Sahobalar so‘rashdi:
— Yo Rasulalloh! Bu mujda oramizda faqat unga tegishlimi?
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ularga:
—Alloh taoloning: “Bu mujda (va’da) Mening huzurimda (hisob-kitob uchun) turishdan qo‘rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavfda yashovchi kishilar uchundir” deb marhamat etilgan oyatini eshitmaganmisiz? — deya javob qildilar.
Bir ansoriyning tushi
Salim ibn Abdullohdan, roziyallohu anhu:
«Ansordan bir kishining shunday deganini eshitdim: “Aziz va Jalil Allohdan Hazrati Umarni, roziyallohu anhu, tushimda ko‘rsatishini iltijo etdim. Nihoyat, o‘n yildan so‘ng uni tushimda ko‘rdim.
— Yo amiral mo‘minin, qandaysiz? — deya so‘radim.
— Hisob-kitobim endigina tugadi. Agar Rabbimdan marhamat ko‘rmaganimda edi, mahv bo‘lardim, — dedilar”.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.