background
logotype
image1 image2 image3

Mavlono Jaloliddin Muhammad Rumiy hikmatlaridan

• Yo‘qotgan narsangga achinmagin, yo‘qotganing boshqa bir shaklda qaytib keladi.

• Sening jarohating bu — Nur kirib keladigan yo‘l bo‘ladi.

• Har bir ishqalanishdan ta’sirlanaversang, qalb oynang qanday qilib sayqal topsin?

• Kecha aqlli edim, dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘ldim. Bugun donoman, o‘zimni o‘zgartirayapman.

• Ovozingni emas, so‘zingni baland qil. U momaqaldiroq bo‘lmay yomg‘ir kabi gullarni undiradi.

• Har neki bo‘lsa shukr qil, buning ortida senga hidoyat bordir.

• Qaerda xaroba bo‘lsa, xazina topilishiga ham umid bo‘ladi.

• Ranj-alam tortish hadyadir. Unda yashirin marhamat bordir.

• Allohni izlab o‘zimni topdim, O‘zimni qidirib Allohni topdim.

• Muhabbat - bu Allohning nihoyasiz ummonidir.

• O‘qib o‘rganasan, sevib tushunasan.

• Chiroqlar xilma-xildir, lekin Nur bir xildir.

• Suv tashnalikni qondirganidek haqiqat qalbni yuksaltiradi.

• O‘z xudbinligingni yenga olsanggina tuning kunga aylanadi.

• Qalbingda Nur (Alloh) bo‘lsa uyga (jannat) olib boradigan yo‘lni topasan.

• Ibodatxona va masjidlardan izladim. Ilohiy nurni qalbim ichra topdim.

Ingliz tilidan Sherzod Tog‘ayev tarjimasi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.