background
logotype
image1 image2 image3

Hovlingiz obodmi?

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:

«Bir insonga doimiy yashash uchun hovli hadya qilindi. Uning ijarada turadigan boshqa uyi ham mavjud. Ijaradagi uyi yaqin, o‘ziga mulk qilib berilgan uy uzoqda ekan. Ikki uy ham xarob ahvolda. Haligi odamning puli esa bitta uyni obod etishga yetadi, xolos. Shunda o‘sha odam: «Uzoqdagi o‘z uyimni ta’mir qilgandan yaqindagi ijara uyni obod qilganim yaxshi», debdi. Buni eshitgan hamma uni ahmoqlikda ayblabdi. Bizning ham misolimiz shunga o‘xshaydi. Bizga ham bu dunyo - ijaradagi hovli. Biz oxiratdagi o‘zimiz uchun doimiy manzil bo‘ladigan uy qolib, 70-80 yilga berilgan ijara uyni obod qilyapmiz».


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.