background
logotype
image1 image2 image3

Hazrati Ali ibn Abu Tolib o‘gitlari

* Allohning Kitobini o‘rganing, chunki Alloh­ning Kitobi so‘zlar­ning eng ustuni­dir. Qur­’on­ga doir bilimlarni egal­lang, chunki Qur’on qal­b­larning bahoridir.      Qur­­’on nuridan shifo tilang, chun­ki Kalomulloh ko‘k­sin­giz­dagi kasallik­lar­ga­ shi­­fo­dir.

* Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) yo‘lidan boringlar, chunki yo‘llarning eng ustuni shu yo‘ldir.

* Alloh taolodan doimo quvvatli bir imon va vujud sog‘lig‘i so‘rang.

* Ey insonlar! Noto‘g‘ri e’tiqodlarga qal­bingiz­dan joy bermang, shunda shubhaga tushmaysiz va inkor etishga yuz tutmaysiz.

* Alloh taolo doim to‘g‘ri bo‘lganlar bilan birgadir. To‘g‘rilik inson uchun sharafdir, najot va ustunlikdir. Yolg‘onchilik esa sharafsizlik, pastkashlik va halokatdir.

* Qarindoshlik haqlariga rioya qiling, chunki qarin­doshlik haqlariga rioya qilish umrni uzaytiradi va o‘zaro sevgini orttiradi.

* Yashirincha sadaqa bering, chunki sadaqa gunoh­larga kafforat bo‘ladi va Alloh­ning g‘azabini so‘n­diradi.

* Yaxshilik qiling, chunki yaxshilik qilish yomon o‘lim topishning oldini oladi va yomon yiqilishlardan saqlaydi.

* Muttaqiylarga va’da qilingan yaxshiliklarni istang, chunki Alloh taoloning va’dasi va’dalarning eng to‘g‘risidir.

* Qalblarga joylashadigan narsalarning eng xayrlisi imondir.

* Keyinchalik (dinga) qo‘shilgan (asli yo‘q) har bir narsa bid’atdir. U narsani diniga qo‘shgan kimsa bid’atchidir. Kim bid’atlarga berilsa, dinini yo‘qotgan bo‘ladi.

* Chinakamiga zarar ko‘rgan odam dinida zarar va talofat ko‘rgan kimsadir.

* Riyo va dabdaba shirkdandir, ixlos va samimiyat imondandir.

* Qarindoshlik haqiga, garchi ular rioya qilmasalar ham, rioya eting. Sizga yordam bermaganlarga siz yordam bering.

* Kimga nima va’da qil­sangiz, va’dangizni bajaring.

* Ikki kishi orasida hukm chiqarayotganingizda adolatli bo‘ling.

* Ajdodlaringiz bilan huda-behuda g‘ururlanib, maqtanmang.

* Bir-biringizga yomon ot qo‘ymang.

* O‘zingizni yerga uradigan hazil-huzuldan yiroq bo‘ling.

* Bir-biringizga jahl qil­mang.

* Kuchsizga, mazlumga, qarz­dorlarga, Alloh yo‘lidagilarga, yo‘lda qol­ganlarga, sizdan yordam so‘raganlarga yordam ko‘rsating.

* Beva ayollarga, yetimlarga rahm qiling.

* Hammaga salom bering, sizga berilgan salomga munosib yoki undan ham go‘zal alik oling.

* Yaxshilik va taqvo yo‘lida bir-biringizga yordam bering. Yomonlik va haqsizlik yo‘lida esa bir-biringizga yordam bermang va Allohdan qo‘rqing. Zero, Allohning azobi chidab bo‘lmaydigan darajada og‘ir va shiddatlidir.

* Mehmonni siylang.

* Qo‘shniga yaxshi muomalada bo‘ling.

* Kasallarni ziyorat qiling.

* O‘liklarni chiroyli (sabr bilan) kuzating.

* Doim umid va qo‘rquv ichida bo‘ling.

* Uzun orzular oxiratni unuttiradi. Nafsning hoy-havaslariga berilib uxlash esa kishini haqdan uzoqlashtiradi.

“Hayotus-sahoba” kitobidan Sumayro Abdumurod qizi tayyorladi. 

“Hidoyat” jurnalining 2011 yil, 12-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.