background
logotype
image1 image2 image3

Hayot haqida 20 hikmat

1. Ko‘nglingda bo‘lmaganini burning tagida tursa ham ko‘rolmaysan! Qahramon Tozao‘g‘li.

2. Albatta ahmoqlik, telbalikdan ko‘ra yaxshiroqdir. Chunki ahmoqlik bor bo‘lgan farosatning yo‘q bo‘lishidir. Telbalik esa, yo‘q bo‘lgan farosatning davomiyligidir. Albert Eynshteyn.

3. Qushdek osmonda uchishni o‘rgandik. Baliqdek suvda suzishni ham o‘rgandik. Endi esa yer yuzida odamdek yashashimiz qoldi. Bernard Shou.

4. Agar olimlarning ishlariga johillar aralashishsa – ahmoqlar soni ortadi. Arab maqoli.

5. Yuklsalganingda do‘stlaring seni kim ekanligingni biladilar, yiqilganingda esa sen ularni! Muallifi noma’lum.

6. Ba’zi insonlar tarixga o‘xshaydilar. Na takrorlanadilar va na unutiladilar. Muallifi noma’lum.

7. Ishonch ko‘z yoshlarga o‘xshaydi, ko‘zdan oqdimi, aslo qaytmaydi. Muallifi noma’lum.

8. Nafas olib uni chiqarganinga shukr qil. Shukr qilganinga ham shukr qil. Muallifi noma’lum.

9. Faqirning oldida boyliging, mol-mulklaring haqida gapirma.  Bemorning oldida sog‘liging haqida gapirma. Zaifning oldida kuch-quvvating haqida gapirma. Baxtsizning oldida baxt-saodating haqida gapirma. Mahbusning oldida hurriyating haqida gapirma. Pushtsizning oldida bolalaring haqida gapirma. Yetimning oldida otang haqida gapirma. Muallifi noma’lum.

10. Alloh hikmati bilan bir eshikni yopsa, rahmati bilan boshqasini ochadi. Sa’diy Sheroziy.

11. Sabr – bo‘yin egish emas, kurashish demakdir. Umar roziyallohu anhu.

12. Omadning siri — Payg‘ambarga ergashishdir. Fotih Sulton Muhammad

13. Mish-mish – nafratlanganlar tomonidan o‘ylab topiladi. Nodonlar tomonidan yeyiladi. Ahmoqlar tomonidan ishoniladi.  Muallifi noma’lum.

14. Hayotda har nima bo‘lishing mumkin, muhimi «inson» bo‘la olishdir. Shams Tebriziy.

15. Hayotda bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi yer bo‘lsa, u ham bir duoning ichidir. Shams Tebriziy.

16. Ikki tur inson bor: Biri vaqt o‘tib xatolari bilan yuzlashgan, biri yuzsizlashgan. Mehmet Akif Ersoy.

17. Odam bolasining odobdan nasibasi bo‘lmasa, inson hisoblanmaydi. Inson bilan hayvon orasini ajratadigan bu — odobdir. Shams Tebriziy.

18. Chiroyli gulni, yoqimli kechani, yaxshi do‘stni har kim xohlaydi. Muhimi gulni tikoni bilan, kechani zulmati bilan, do‘stni barcha kamchiligi bilan seva bilishdir. Shams Tebriziy.

19. Seni yo‘lda qoldirgan — nafsingdir, yo‘lda qolgan — nafsiga ergashgan. Yunus Emro.

20. Qizarish bilmagan chehrang qanday ham ibratdir. Qo‘y tahsilni, bor oldin odob bilan hayo o‘rgan. Mehmet Akif Ersoy

Tarjimon: Abdulloh Rahimboyev


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.