“Dunyoning o‘yinchog‘i bo‘lib qolgan olimga achinaman”
Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: «Men uch kishiga achinaman: bir qavmning xor bo‘lgan raisiga, qavmning faqir bo‘lib qolgan boyiga va dunyoning o‘yinchog‘i bo‘lib qolgan olimga».
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Olimlarning jazosi qalblarining o‘lishidir. Qalbning o‘limi esa, oxirat amali bilan dunyo talab qilishdir».
Bir shoir shunday ma’noda aytgan ekan: «Hidoyat evaziga zalolat sotib olganlarga ajablanaman. Kim dini evaziga dunyoni sotib olsa, yanada ko‘proq ajablanarlidir. Bu ikkalasidan ham ajablanarlirog‘i dinini birovning dunyosi uchun sotgan kishidir. Zero, bu ish ikkalasidan ham ajabroqdir».
Shuning uchun ham Hasan Basriy (r.a.) aytganlarki: «Olimlarning jazosi qalblarining o‘lishidir. Qalbning o‘limi esa, oxirat amali bilan dunyoni talab qilishdir».
Shuningdek, Yahyo ibn Muoz (r.a.): «Qachon ilm va hikmat bilan dunyo talab qilinsa, ularning hikmati yo‘qoladi», deganlar.
Said ibn Musayyab (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olimning amirlar atrofida o‘ralashib yurganini ko‘rsangiz, (bilingizki) u o‘g‘ridir».
Hazrati Umar (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olimning dunyoga muhabbat qo‘yganini ko‘rsangiz, diningiz ishlarida undan ehtiyot bo‘linglar. Chunki har bir oshiq sevgan narsasiga sho‘ng‘ib ketadi».
Imom G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” kitobidan
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.