background
logotype
image1 image2 image3

Do‘st tutilmaydigan besh toifa

Ja’fari Sodiq (r.a.) do‘st tanlashda quyidagicha tavsiya berganlar: “Besh toifa inson bilan do‘st tutinmang:

Yolg‘onchi bilan: chunki har lahza aldanib qolishingiz mumkin. U misoli sarob – uzoqni yaqinlashtirib, yaqinni uzoqlashtirib ko‘rsatadi;

Ahmoq bilan: zero, u sizga foyda keltiraman deb zararga boshlaydi;

Xasis bilan: eng muhtoj paytingizda sizni tashlab ketadi;

Qo‘rqoq bilan: chunki u tahlikali paytda sizdan qochadi;

Fosiq bilan: zero, u sizni bir hovuch taom yoki undan oziga almashib yuboradi”.

“Irfon” taqvimining 2010 yil, 2-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.