Abu Umomaning o‘gitlari
Sulaym ibn Omirdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: “Abu Umoma bilan Shomda bir dafn marosimida birga edik. Janoza o‘qilgach, mayyitni ko‘ma boshladilar. Shunda Abu Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar:
— Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida yashamoqdasiz. Va (qabrni ko‘rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana bunday qabrga ko‘chib o‘tishga majbursiz. Bu qabr yolg‘izlik, qoronHulik uyidir, bo‘rilar uyidir, siqilish va tanglik-qiyinchilik uyidir.
Bu yerdan esa qiyomatning mushkul, qiynoqli maydonlaridan biriga o‘tasiz va u yerda Allohning amri kelguniga qadar ushlanib turilasiz. Bu uzoq kutish asnosida bir necha yuzlar oqaradi, bir qanchasi esa qorayadi. Shundan so‘ng yana boshqa bir maydonga ketasiz. U yerda sizni qoronHu zulmat bosadi. Keyin nur tarqatiladi. Bu nur faqat mo‘minlarga beriladi, kofir va munofiqlar bu nurdan benasibdirlar. Alloh subhanahu va taoloning Kitobidagi: “Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to‘lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo‘lini chiqarib (qarasa) uni ko‘ra olmas. Kimga Alloh nur (omonlik) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo‘qdir” (Nur, 40, mazmuni) oyati karimasi bunga ishora etmoqda. U kun xuddi ko‘r kimsa ko‘zi ko‘radigan kishining ko‘zidan foydalanolmagani kabi kofir va munofiq kimsalar mo‘minning nuridan foydalana olmaydilar. U kun erkak va ayol munofiqlar mo‘minlarga: “Bizga qaranglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik”, — deydilar. (Ularga): “Ortingizga qaytib nur istangizlar”, deyilur” (Hadid, 13, mazmuni), Holbuki, bu munofiqlar aldanishlari uchun bir hiyladir. Shundan so‘ng munofiqlar nur tarqatilgan joyga qaytib kelsalar ham, u yerda hech narsa topa olmaslar va yana bir bor qaytayotganlarida: “So‘ng ular bilan mo‘minlar o‘rtasida darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat, tashqarisida esa azob (do‘zax) bo‘lur” (Hadid, 13, mazmuni).
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.